Ravshan Doʻrmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ravshan Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Chorshanbeyivich Doʻrmonov
Tavallud sanasi 4-mart 1971-yil (1971-03-04) (54 yosh)
Tavallud joyi Termiz Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 24-oktyabr 2018-yil(2018-10-24)
(47 yoshda)
Vafot joyi Termiz Oʻzbekiston
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 72 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 image Surxon 32 (2)
1990 image Dinamo Samarqand 16 (2)
1991 image Neftchi (Fargʻona) 21 (0)
1991 image Surxon 16 (0)
1992 image Neftchi (Fargʻona) 2 (0)
1992   image Atlaschi (Margʻilon) 15 (5)
1993—1995 image Surxon 78 (32)
1996—1997 image MHSK 22 (3)
1997—1999 image Surxon 66 (38)
2000 image Buxoro 15 (2)
2001—2002 image Surxon 53 (12)
2003 image Soʻgʻdiyona ? (16)
2004 image Shoʻrtan ? (28)
2005 image Xorazm ? (18)
2006 image Surxon ? (4)
Boshqargan klublari
2010—2011 image Surxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2007-yil 1-yanvar uchun)

Ravshan Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1971-yil 4-mart, Termiz – 24-oktyabr 2018-yil, Termiz) – Sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Ravshan akalari singari faoliyatini Termizning „Surxon“ klubida 1989-yilda boshlagan. Termiz jamoasida bir mavsum oʻynagach 1990-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan. 1991-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan taklif olgan va yarim mavsum davomida Fargʻona klubi tarkibida 1991-yilgi SSSR Birinchi ligasida ishtirok etgan. 1991-yilning yoz oyida „Surxon“ jamoasiga qaytib SSSR Ikkinchi ligasi oʻynagan. 1992-yilda yana „Neftchi“ jamoasiga qaytdi va yozgi transfer oynasida Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. 1993-yilgi mavsumda Termizga, „Surxon“ klubiga qaytdi va uch mavsum davomida eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 1996-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bir yarim mavsum davomida Toshkent klubi tarkibida oʻynagan. 1997-yil mavsumning ikkinchi qismida Termizga qaytdi va 2000-yilgacha „Surxon“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasida oʻynagan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasida oʻynagan. 2003-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda Termizga qaytgan va shu yilning oʻzida „Surxon“ klubida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

Ravshan murabbiylik faoliyatini oʻzining asosiy faoliyati oʻtgan jamoasi, Surxon klubida boshlagan. 2010—2011-yillarda „Surxon“ klubida bosh murabbiylik qilgan. Shundan soʻng Termiz klubida bir necha yil boshqa lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. Ravshan 2018-yil 24-oktyabrda Termizda vafot etgan. vafotidan soʻng bir necha bor faxriylar va Ravshan doʻstlari oʻrtasida Ravshan Doʻrmonov xotira turniri oʻtkazildi.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 1996
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2003
  • Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 1993, 2004

Shaxsiy hayot

| ]

Ravshan Doʻrmonovning Ikki akasi Abdusamad va Rustam Doʻrmonov ham futbolchi boʻlib uch aka uka bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubida oʻynagan.

Manbalar

| ]
  1. „Do'rmonovlar oilasiga taziya bildiramiz“ (2018-yil 24-oktyabr).
  2. „Дурманов Равшан“ (2023-yil 17-dekabr).
  3. „Ravshan Do'rmonov: "Surxon" kelasi yil birinchi ligada o'ynaydi"“ (2016-yil 25-oktyabr).
  4. „Toshkentda Ravshan Do'rmonov xotirasiga bag'ishlangan turnir o'tkazilmoqda“ (2019-yil 1-mart).
  5. „Равшан Дўрмонов хотираси учун турнир бўлиб ўтди“ (2019-yil 8-aprel).

Havolalar

| ]
  • Ravshan Doʻrmonov Footballfacts saytida futbolchi profili
  • Ravshan Doʻrmonov Transfermarkt saytida futbolchi profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ravshan Doʻrmonov haqida, Ravshan Doʻrmonov nima? Ravshan Doʻrmonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan