Ahmad Ogʻamurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad Ogʻamurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov
Tavallud sanasi 14-iyun 1979-yil (1979-06-14) (46 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod Turkmaniston SSR
Boʻyi 1.75 cm (12 in)
Ampluasi Hujumchi

Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov (turkmancha: Ahmet Täçmyradowiç Agamyradow; 14-iyun 1979-yil, Ashxobod) – turkman futbolchisi, Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi. Turkmanistonlik murabbiy Toshmurod Ogʻamurodovning oʻgʻli.

Klub faoliayti

| ]

1994—1995-yillarda „Nisa“ klubi oʻrinbosarlari, 1995—1996-yillarda „Kopetdag“ FK oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

1996—1999-yillarda „Dagdan“ klubida, 1999—2000-yillarda „Kopetdog“da oʻynagan. Oxirgi klubi „Melik“ havaskor futbol klubi boʻlib, u 2004—2008-yillarda oʻynagan.

1999-yilda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Murabbiylik faoliayti

| ]

2006-yildan 2016-yilgacha Ashxobod shahridagi sport futbol maktabida murabbiy boʻlib ishlagan, vaqti-vaqti bilan Turkmaniston chempionati oliy ligasi jamoalarida bosh murabbiylik lavozimiga oʻtgan. 2009-yildan oʻzi asos solgan „Oltin Tach“ futbol klubida bosh direktori boʻlib ishlagan.

2011—2013-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2014-2016-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. Uning boshchiligida Turkmaniston terma jamoasi 2015-yilgi Hamdoʻstlik kubogida turnirning kuchli toʻrtta jamoasiga kirdi.

2015-yildan 2016-yilgacha u bir vaqtlar Turkmaniston Oliy liga chempionatida ishtirok etgan „Xazina“ futbol klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2015-yilgi futbol boʻyicha Turkmaniston chempionatida 10 ta jamoa ichida 7-oʻrinni egallagan.

2016—2017-yillarda poytaxtning „Ashxobod“ futbol klubini boshqargan. 2021-yil iyun oyida Ahmad Ogʻamurodov boshchiligidagi Turkmanistonning 23 yoshgacha boʻlgan olimpiya terma jamoasi mamlakat tarixida ilk bor 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yoʻllanma olgan.

Manbalar

| ]
  1. „Олимпийская сборная Туркменистана проведёт товарищеский матч против сверстников из Катара“. 2019-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  2. „Altyn Tach — B07 — 2016-APR — Schedule & Results — Football Cup Barcelona“. footballcupbarcelona.com. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  3. „Iraq — Turkmenistan“. the-AFC. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  4. „Международный турнир по футболу «Кубок Содружества» Матч № 33“. www.com-cup.com. 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  5. „«Алтын асыр» и «Шагадам» на классе побеждают соперников, а «Мерв» вырывает победу на последних минутах“. 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.

Havolalar

| ]
  • Ahmad Ogʻamurodov Transfermarkt saytida
  • Ahmad Ogʻamurodov murabbiylik profili Soccerway saytida saytida
  • Ahmad Ogʻamurodov Footballfacts saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ahmad Ogʻamurodov haqida, Ahmad Ogʻamurodov nima? Ahmad Ogʻamurodov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan