Narzullo Oblomurodov
Narzullo Naimovich Oblomuradov | |
![]() | |
| Toshkent davlat agrar universiteti rektori | |
|---|---|
| Mansab davri 2024-yil 19-noyabrdan – hozirgacha | |
| Avvalgisi | Jamshid Xoʻjayev |
| Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2021-yil 1-fevraldan – 2022-yil 19-dekabrgacha | |
| Ilmiy unvoni | Iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
Narzullo Naimovich Oblomuradov — oʻzbek davlat, siyosiy va fan arbobi. 2021-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi. 2021-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi. 2024-yil 19-noyabrdan Toshkent davlat agrar universiteti rektori etib tayinlandi.
Tarjimai holi
| ]1975-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan va oʻqishni Buyuk Britaniyada davom ettirish uchun ketgan. 2000-yilda Birmingem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha olim-iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, professor.
2000-yildan Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida, xususan, Toshkent moliya institutida, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida; ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, bank-moliya sohasida, davlat organlari tizimida, jumladan, fuqarolar huquqlarini himoya qilish xizmatida, hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va tartibga solish xizmatida ishlagan.
2020-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. 2021-yil 1-fevralda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylangan. 2020-yil noyabr oyidan buyon partiyani boshqarib kelayotgan Komiljon Tojiboyev oʻrniga partiya yetakchisi etib tayinlandi.
2021-yilgi saylovda Ekologik partiyadan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1% ovoz olgan.
2021-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan.
2023-yilda — Toshkent moliya instituti prorektori
2024-yil 3-iyundan — Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
2024-yil 19-noyabrdan — Toshkent davlat agrar universiteti rektori
Oʻzbek tilidan tashqari ingliz va rus tilini biladi. Uylangan, uch nafar farzandi bor.
Manbalar
| ]- „Назначение. Госкомэкологии Республики Узбекистан“ (ruscha). Государственный комитет Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды (30-dekabr 2021-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
- „Нарзулло Обломуродов утвержден главой Госкомэкологии“ (ruscha). gazeta.uz (30-dekabr 2021-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
- „Moliya institutiga yangi prorektor saylandi“. UzNews.
- „Ekoqo'mitaning sobiq raisi Agrar universitetiga prorektor bo'ldi“. UzReport.news (2024-yil 3-iyun).
- „Toshkent davlat agrar universitetiga Narzullo Oblomuradov rektor etib tayinlandi“ (2024-yil 19-noyabr).
Havolalar
| ]- Biografiya na ofitsialnom sayte Ekologicheskoy partii Uzbekistana
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
- Oʻzbekistonlik iqtisodchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Narzullo Oblomurodov haqida, Narzullo Oblomurodov nima? Narzullo Oblomurodov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!