Aleksandr Kochetkov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Kochetkov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Kochetkov Petrovich
Tavallud sanasi 28-oktyabr 1933-yil
Tavallud joyi Moskva, imageSSSR
Vafot sanasi 1-iyul 2015-yil(2015-07-01)
(81 yoshda)
Vafot joyi Moskva, image Rossiya
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
imageSpartak (Мoskva)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1957-1960
1961-1963
image SKA (Xabarovsk)
image Luch (Vladivastok)
(98(19)
3+ (1+))
Boshqargan klublari
1963-1966
1967-1968
1969
1970
1971-1972
1972
1977-1979
1981-1982
1983-1985
1989-1990
image Luch (Vladivastok)
image Luch (Vladivastok)
image Luch (Vladivastok))
image Ximik (Dzerjinsk)
imageAmur
image Alga
image Paxtakor
imageSpartak (Ordjonikidze)
imageKuban
imageSokol
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Petrovich Kochetkov (1933-yil 28-oktabrda Moskva shahrida tugʻilgan. 2015-yil 1-iyul kuni shu yerda vafot etgan.) — Sovet futbolchisi, hujumchi va murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. RSFSR va Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Moskvaning „Spartak“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Aleksandr oʻzining mohirona oʻyinlarini 1957—1960-yillarda Rossiyaning „SKA-Xabarovskiy“ futbol klubida oʻtkazgan. Ushbu jamoa tarkibida u 100 ga yaqin oʻyinda ishtirok etgan. 1961-yilda futbolchi Vladivostokdagi „Luch“ klubiga oʻyinchi murabbiy sifatida oʻtgan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

1960-yillarda Kochetkov Vladivostokning „Luch“ klubi murabbiylari shtabining aʼzosi boʻlgan. U yerda bir necha bor bosh murabbiy sifatida ishlagan. 1963-yilda Aleksandr ilk marota bosh murabbiy etib tayinlanadi va shu bilan futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. 1965-yilda „B“ toifasidagi hudud turnirida uning jamoasi gʻalaba qozonib, „A“ toifasining ikkinchi guruhiga (birinchi liga) chiqadi.

Aleksandr 1970-yilda Vladivostokni tark etadi. Murabbiylik faoliyatining keyingi yillarda u „Ximik“ (Dzerjinsk), „Amur“ (Blagoveshchensk), „Alga“ (Bishkek) jamoalarida faoliyat olib boradi. Uning boshchiligidagi „Amur“ klubi 1972-yilda ikkinchi liganing Yettinchi (Sharqiy) hudud gʻolibiga aylanadi va hududlar gʻoliblari oʻrtasidagi finalda jamoa toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.

1977-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubini boshqargan. Ikki mavsum mobaynida jamoaga ustozlik qilgan. 1977-yilda Kochetkov jamoani birinchi ligada gʻalabaga olib chiqib, uni oliy ligaga qaytaradi, biroq keyingi mavsumda „Paxtakor“ muvaffaqiyatsiz oʻynab, jamoaga Kochetkov oʻrniga Oleg Bazilevich murabbiy etib tayinlanadi. Kochetkov „Paxtakor“ni tark etgach, 1977—1981-yillarda Moskvaning „Spartak“ maktabini boshqargan. Soʻngra „Spartak Orjonikidze“ jamoasiga ustozlik qilgan. 1983-yilda u yaqinda oliy ligadan tushib ketgan „Kuban“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Jamoa bilan turnir jadvalining yuqori yarmidagi oʻrinlarni band etgan, ammo uni oliy ligaga qaytara olmagan. Kochetkovning murabbiylik faoliyatidagi soʻnggi klubi Saratovning „Sokol“ jamoasi boʻlib, u bu klubni bir yarim yil (1989—1990-yillarda) boshqargan. 1989-yilgi ikkinchi liga hudud turnirida jamoani ikkinchi pogʻonaga olib chiqishga erishgan.

Umrining soʻnggi yillarida Kochetkov ogʻir kasallikka chalinib, 2015-yilning 1-iyul kuni Moskvada, 82 yoshida vafot etgan.

Murabbiy sifatidagi yutuqlari

| ]
  • 1965 — „B“ toifasidagi hududlar turniri gʻolibi („Luch“ Vladivostok)
  • 1972 — Ikkinchi liganing „Sharq“ hududi gʻolibi („Amur“, Blagoveshchensk)
  • 1977 — Birinchi liga gʻolibi („Paxtakor“, Toshkent)

Manbalar

| ]
  1. „Бывший тренер футбольного клуба «Амур» Александр Кочетков скончался в Москве“. 19-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  2. „Олег Базилевич. Мой «Пахтакор»…“. 3-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  3. „Ушел из жизни бывший главный тренер «Сокола»“. 4-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Kochetkov haqida, Aleksandr Kochetkov nima? Aleksandr Kochetkov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan