Kamoliddin Tojiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kamoliddin Tojiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamolidiin Fahriddinovich Tojiyev
Tavallud sanasi 3-may 1983-yil (1983-05-03) (42 yosh)
Tavallud joyi Jizzax, Oʻzbekiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2002 Akademiya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2011 Paxtakor 66 (3)
2006   Soʻgʻdiyona 18 (1)
2011—2013 Jiangsu Sainty 70 (2)
2014—2019 Paxtakor 78 (6)
2019—2022 Metallurg 62 (2)
Milliy terma jamoa
2007—2016 Oʻzbekiston 11 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kamolidiin Fahriddinovich Tojiyev (1983-yil 3-mayda, Jizzxda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi va futbol murabbiyi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Paxtakor klubi sobiq aʼzosi. Himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Hozirda „Paxtakor“ jamoasida murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Kamoliddin Tojiev 2002-yilgi Oʻzbekiston Ligasi mavsumida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga kelib qoʻshildi Klubdagi bir necha mavsumdan soʻng „Soʻgʻdiyona Jizzax“ klubiga ijaraga berildi. „Paxtakor“ga qaytganidan soʻng jamoada muntazam oʻynay boshladi va jamoa safida 2011-yilgacha toʻp surdi. 2000-2011-yillarda koʻplab chempionlik unvonlari va medallarni qoʻlga kiritgan, ammo asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlmagan. Jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2011-yilda Xitoy Superligasida oʻz faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va „Jiangsu Sainty“ klubi bilan 2 yarim yilga shartnoma tuzdi. Himoyachi shartnoma muddatini toʻliq oʻtkazib, Xitoy chempionatida 70 ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urdi, 2012-yilda vitse-chempion, 2013-yilda esa Xitoy Superkubogi sohibiga aylandi. 2014-yilda sobiq jamoasi - „Paxtakor“ga qaytdi va 2019-yilgacha jamoa sharafini himoya qildi. 2019-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil mavsum soʻnggida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

Milliy terma jamoa

| ]

2007-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. Birinchi oʻyin 2007-yilning 7-fevralida Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. 2007-yildan 2012-yilgacha milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan bor-yoʻgʻi ikkitasi Osiyo Kubogi saralashida, qolganlari oʻrtoqlik oʻyinlarida boʻlgan. 2016-yilning fevral oyida yana terma jamoaga chaqirildi va Livanga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.

Yutuqlar

| ]

Paxtakor Toshkent

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2014, 2015
  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2009

Jiangsu Sainty

  • Xitoy Superkubogi sohibi: 2013

Yana qarang

| ]
  • Kamoliddin Tojiboyev

Manbalar

| ]
  1. Kamoliddin Tojiyev National-Football-Teams.com saytida
  2. Uzbekistan 2002 at rsssf.org. 23 Mar 2003. Retrieved 08-04-2013
  3. Uzbekistan 2006 at rsssf.org. 31 Jan 2007. Retrieved 08-04-2013
  4. „Камолиддин Таджиев перешел в «Жиангсу Сейнти»“ (ru). pakhtakor.uz (2011-yil 8-iyul). 2012-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
  5. Kamoliddin Tajiev at footballtop.com. Retrieved 08-04-2013

Havolalar

| ]
  • Kamoliddin Tojiyev Transfermarkt saytida
  • Kamoliddin Tojiyev Playmakerstats saytida
  • Kamoliddin Tojiyev Soccerway saytida
  • Kamoliddin Tojiyev Footballfacts
  • Kamoliddin Tojiyev NFT saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kamoliddin Tojiyev haqida, Kamoliddin Tojiyev nima? Kamoliddin Tojiyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan