Alessio Figalli
| Alessio Figalli | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 2-aprel 1984-yil Rim |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Sohasi | Matematika |
| Ish joylari | Zurich oliy shveysar texnika maktabi Austindagi Texas universiteti Politexnika maktabi (Paris) Nice Sophia Antipolis universiteti |
| Akademik rahbarlari | Luigi Ambrosio Cédric Villani |
| Mukofotlari | Prix va Peccot kurslari (2012) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2012) Stampacchia medali (2015) Feltrinelli mukofoti (2017) Fields medali (2018) |
| Turmush oʻrtogʻi | Mikaela Iacobelli |
Alessio Figalli (talaffuzi: Alessio Figalli) (1984-yil 2-aprelda tugʻilgan) — italiyalik matematik. Variatsion hisoblash hamda differensial tenglamalar boʻyicha mutaxassis. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Figalli 2006-yil Pisa universitetini magistr darajasi bilan tamomlagan. 2007-yil Luigi Ambrosio rahbarligida Pisadagi Oliy normal maktabdan hamda Cédric Villani rahbarligida Lyondagi Oliy normal maktabdan PhD darajasini olgan. Soʻngra Austindagi Texas universiteti hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan. 2014-yildan beri Zurich oliy shveysar texnika maktabida ishlab keladi.
Figalli optimal transport, izoperimetrik tengsizliklar, tasodifiy matritsalarni oʻrganib keladi. Bundan tashqari, Schrödinger hamda Vlasov–Poisson tenglamalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 2-aprelda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Fields medali sovrindorlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Alessio Figalli haqida, Alessio Figalli nima? Alessio Figalli nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!