Kunihiko Kodaira
| Kunihiko Kodayra | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 16-mart 1915-yil Tokio, Yaponiya |
| Vafoti | 26-iyul 1997-yil (82 yoshda) Kōfu, Yaponiya |
| Fuqaroligi | Yaponiya |
| Sohasi | matematik |
| Ish joylari | Tokio universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Johns Hopkins universiteti Princeton universiteti Stanford universiteti |
| Taʼlimi | Tokio universiteti |
| Akademik rahbarlari | Shokichi Iyanaga |
| Mashhur shogirdlari | Walter Lewis Baily, Jr. Shigeru Iitaka Yoichi Miyaoka |
| Mashhur ishlari | Algebraik geometriya, murakkab xilma-xilliklar |
| Mukofotlari | Fields medali (1954) Wolf mukofoti (1984/5) |
Kunihiko Kodayra (yaponcha: 小平 邦彦) (16-mart 1915-yil – 26-iyul 1997-yil) – yaponiyalik matematik. Kodayra algebraik geometriya hamda murakkab xilma-xilliklar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Fields medali bilan taqdirlangan ilk yaponiyalik olim (1954). 1984/85-yilgi Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.
Kodayra Tokio universitetini 1938-yil matematika, 1941-yil fizika boʻyicha darajalar bilan tamomlagan. 1949-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. Oʻsha yili AQShagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga chaqirilgan. 1953-yildan Princeton universitetida ishlay boshlagan. 1967-yil Tokio universitetiga qaytgan.
Kodayra Yaponiyadagi algebraik geometriyachilar maktabi asoschisidir. Olim faoliyati boshida Hodge teoriayasi ustida ishlagan. Keyinchalik murakkab tizimlarning deformatsiyalar teoriyasiga asos solgan. 1960-yillardan boshlab esa algebraik sathlarni klassifikatsiyalash ustida ishlagan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 16-martda tugʻilganlar
- 1915-yilda tugʻilganlar
- 26-iyulda vafot etganlar
- 1997-yilda vafot etganlar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Wolf matematika mukofoti sovrindorlari
- Fields medali sovrindorlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kunihiko Kodaira haqida, Kunihiko Kodaira nima? Kunihiko Kodaira nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!