Wendelin Werner
| Wendelin Werner | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 23-sentyabr 1968-yil Cologne, Germaniya |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Sohasi | Matematika |
| Ish joylari | ETH Zurich |
| Akademik rahbarlari | Jean-François Le Gall |
| Mashhur shogirdlari | Vincent Beffara (de) Julien Dubédat (de) Christophe Garban |
| Mukofotlari | Heinz Gumin mukofoti (2016) Fields medali (2006) Pólya mukofoti (2006) Loève mukofoti (2005) Fermat mukofoti (2001) EMJ mukofoti (2000) Davidson mukofoti (1998) |
Wendelin Werner (talaffuzi: Vendelin Verner) (1968-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — nemis millatiga mansub fransuz matematigi. Tasodifiy daydishlar, Brown harakati, Schramm–Loewner evolutsiyasi hamda ehtimollik nazariyasi va matematik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Werner 2006-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.
Werner 1968-yilda Germaniyaning Cologne shahrida tugʻilgan. 1977-yilda Fransiya fuqaroligini olgan. Werner 1993-yilda Pierre-et-Marie-Curie universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991–1997-yillarda Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Werner 2008-yilda Fransiya fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan.
Werner 1982-yilda Romy Schneider ishtirokidagi „Sans-Soucilik oʻtkinchi“ (fransuzcha: La passante du Sans-Souci) badiiy filmida suratga tushgan. Ayni damda Werner Zurich Shvetsariya oliy texnika maktabi professoridor.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 23-sentyabrda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Fields medali sovrindorlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Wendelin Werner haqida, Wendelin Werner nima? Wendelin Werner nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!