Andrey Pyatniskiy
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 27-sentyabr 1967-yil | ||
| Tavallud joyi | ToshkentOʻzbek SSR, SSSR | ||
| Ampluasi | yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1983—1984 1985 1986—1987 1988—1991 1992—1997 1992—1997 1998 2001 2002 | | (2 (0) 21 (0) 32 (5) 120 (25) 100 (17) 26 (5) 2 (1) KFK KFK) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1990 1990 1992 1992 1993—1995 | MDH | ( 1 (0) 5 (2) 2 (0) 10 (2)) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 2002—2003 2003 2006 2008—2012 2013—2014 2013—2014 2015—2016 2016—2018 2019—2020 2020 2020 2021 2021 2021- h.v. | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy (1967-yil, 27-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1986-yil), SSSR xalqaro sport ustasi (1991-yil).
Tarjimai hol
| ]Andrey faoliyatining ilk yillarida Toshkentda oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiyi Komarnitskiy Vladimir Dementiyevich boʻlgan. Birinchi jamoasi Toshkentning „Start“ klubi. 1985-yilda futbolchi „Paxtakor“ga oʻtadi va birinchi ligada oʻynay boshlaydi. Keyingi yili u armiyaga chaqiriladi va SSKA (markaziy harbiy sport klubi)da „xizmat qiladi“. 1988-yilda jamoaning katta ligaga qaytishiga yordam berish istagida „Paxtakor“ga qaytadi. Bu ish 1990-yilda amalga oshadi.
1992-yilda Tarxanov futbolchini „Paxtakor“da oʻynashi borasida hech qanday istiqbol yoʻqligini aytib, „Spartak“ga oʻtishga koʻndiradi. „Spartak“ tarkibida u besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 1996-yilda jamoa sardori etib saylanadi.
90-yillarning oʻrtalarida toʻpigʻidan jarohat olib, uzoq vaqt davolandi va maydonga qaytgach, avvalgidek, maydonda toʻp sura olmaydi.
Faoliyati davomida SSSR/MDH, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.
1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullangan. 2008-yil noyabr oyidan 2012-yil dekabrigacha „Spartak“ sport maktabi murabbiyi (Moskva) lavozimida ishlagan. 2013-yil iyul oyidan 2014-yil aprel oyiga qadar „Spartak“ (Moskva) yoshlar jamoasi katta murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-yil 23-aprelda oilaviy sabablarga koʻra lavozimni tark etgan. 2015-yilning yanvar oyidan 1999-yilda yangi tashkil etilgan Moskvaning „Rosich“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik „Rosich“ klubining asosiy jamoasini boshqargan.
2019-yildan buyon „Ximik-Arsenal“ klubi bosh murabbiyi. 2020-yilda Sergey Podpali Tulaning „Arsenal“ klubiga tayinlangach, u bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻldi.
Yutuqlar
| ]Jamoa
| ]- 1992-, 1993-, 1994-, 1996-, 1997-yillarda Rossiya chempioni;
- 1991—1992-yillarda SSSR kubogi gʻolibi;
- 1993—1994-yillarda Rossiya kubogi gʻolibi;
- 1990-yil Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (21 yoshgacha SSSR terma jamoasi tarkibida);
- 1993-yil Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (4 oʻyin, 3 gol);
Shaxsiy
| ]- 1991-yil SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida (1) - № 3;
- 1992-, 1993-, 1994-yillarda Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 1.
Oilasi
| ]Turmush oʻrtogʻi Svetlana va Daria (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) ismli qizi bor.
Manbalar
| ]- „Тошкентда туғилган Андрей Пятницкий Ўзбекистонга қайтмоқда.“ (2023-yil 23-dekabr).
- Paxomov S. Andrey Pyatnitskiy: Mechtayu o fransuzskoy otbivnoy // Sport-Ekspress Futbol. — 1996. — № 27. — s. 3.
- „Pyatnitskiy po semeynim obstoyatelstvam ne smojet rukovodit molodyojnim sostavom“. 24-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
- Bivshiy igrok „Spartaka“ — trener molodyojnoy komandi „Rosich“
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR sport ustasi
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Start Toshkent klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- PFK SSKA Moskva futbolchilari
- FC Spartak Moskva futbolchilari
- FC Sokol Saratov futbolchilari
- SSSR Oliy ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Andrey Pyatniskiy haqida, Andrey Pyatniskiy nima? Andrey Pyatniskiy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!