Ayribel togʻlari


Ayribel togʻlari — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng ba-land nuqtasi 767 m. Ayribel togʻlari shimoli-gʻarbdan janubi-sharqka yoʻnalgan. Uzunligi 15 km. Janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari Qarnob choʻliga tikroqtushgan va quruq soylar bilan oʻyilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori to-mon qaragan shimoli-sharqiy yon bagʻirlari qiyaroq. Tizmaning oʻrta qismida pa-leozoyning ohaktosh va slaneslaridan iborat kenglik boʻyicha yoʻnalgan qator tepalar mavjud boʻlib, ular oraligʻida granitlardan tashkil topgan platosi-mon yuzalar joylashgan. Ayribel togʻlari tipik boʻz tuproqlar mintaqasida joylashgan, shimoliy yon bagirlarining yuqori qismlarida toʻq boʻz tuproqlar bor. Efemer oʻsimliklar bilan birga, qorajusan, qoʻziquloq, oqquray oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalani-ladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ayribel togʻlari haqida, Ayribel togʻlari nima? Ayribel togʻlari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan