Koʻl yotqiziqlari

Koʻl yotqiziqlari – hozirgi va qadimgi geologik davrlarda mavjud boʻlgan koʻllar tubida paydo boʻlgan yotqiziqlar. Koʻl yotqiziqlari mexanik (qum, shagʻal, gil), kimyoviy (koʻl buri, tabiiy soda, mirabilit, osh tuzi, gidrogalit, gips, astraxanit, epsomit, bishofit, karvallit va boshqalar) yoʻl bilan hamda organik qoldiqlarning chirishidan (torf, diatomit, shifobaxsh balchiqlar) hosil boʻladi. Bularning hammasi chuchuk va shoʻr suvli koʻllarga xosdir. Koʻl yotqiziqlari kontinental yotqiziqlarga mansub, lekin dengiz yotqiziqlariga xos belgilarga ham ega. Har xil tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan koʻllar turlari koʻpligi sababli ularning yotqi-ziqlari ham turli-tuman boʻladi. Muzlik koʻllari muzlik va koʻl yotqiziqlarining birikmasidan (mas, turtlamchi davr lentasimon gillari) tashkil topgan, karst koʻllari maʼlum miqdorda karbonatli yotqiziqlar bilan toʻlgan boʻladi. Koʻl-muzlik (limnoglyasial) yotqiziqlarini alohida toifaga ajratadilar. Gumid iqlimli tekislik koʻllarida, asosan, alevritgilli, arid iqlimli mintaqalarda esa galogen-karbonatli yotqiziqlar toʻplanadi. Oʻzbekistonda Qizilqum, Mirzachoʻl, Markaziy Fargʻona va Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan.

Yana qarang

• Koʻl

Muzlik yotqiziqlari

Manbalar

  1. image „Koʻl yotqiziqlari“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (K-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Koʻl yotqiziqlari haqida, Koʻl yotqiziqlari nima? Koʻl yotqiziqlari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan