Cambridge universiteti

Kembrij universiteti (inglizcha: University of Cambridge; lotincha: Universitas Cantabrigiensis) — Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri boʻlib eng qadimgi universitetlar boʻyicha 3-oʻrinda turadi. Cambridge universiteti 13-asrning 1209-yilda ochilgan bo'lib hozirgacha J.K.Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford va boshqa atoqli buyuk olimlar ishlagan. Filologiya, musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geoleogiyasi va geografiya, matematika, fizika, kimyo, arxeologiya, biologiya, tibbiyot, pedagogika, antropologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fitsuilyama muzeyi, klassik arxeologiya, arxeologiya va etnografiya, zoologiya, geologiya, fan tarixi muzeylari, rasadxona, botanika bogʻi, qishloq xoʻjaligi stansiyasi va boshqalar bor. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanadi.Universitet ma'lumotlariga ko'ra, Cambridge bitiruvchilari va o'qituvchilari 121 ta Nobel mukofotini qo'lga kiritdilar, bu dunyodagi barcha universitetlar orasida eng koʻp.

inglizcha: University of Cambridge
lotincha: Universitas Cantabrigiensis
image
Shiori lotincha: Hinc lucem et pocula sacra
Asos solingan sanasi 1209-yil
Talabalari 24,450 (2020)
Veb-sayti www.cam.ac.uk

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

  • Rasmiy sayti
  • Cambridge universiteti talabalari birlashmasi
  • Cambridge universiteti bitiruvchilari birlashmasi


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Cambridge universiteti haqida, Cambridge universiteti nima? Cambridge universiteti nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan