Erkin Usmonxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Erkin va familiyasi Usmonxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Erkin Usmonxoʻjayev
image
Tavalludi 20-avgust 1927-yil
Uyrat qishlogʻi, Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi

image SSSR

image Oʻzbekiston SSR
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni image
Otasi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev
Mukofotlari image image image image image image

Erkin Buzrukxoʻjayevich Usmonxoʻjayev (1927-yil 20-avgust, Uyrat qishlogʻi, Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil 11-yanvar).

Tarjimayi holi

| ]

Erkin Usmonxoʻjayev 1927-yil 20-avgust kuni Uyrat qishlogʻi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev xonadonida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Otasi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896—1977) Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspluatatsiya boshqarmasi boshligʻi (1952—1977) boʻlib ishlagan. Ukasi Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) Oʻzbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi (1983—1988) boʻlgan. Erkin Usmonxoʻjayev 1948-yildan KPSS aʼzosi. 1945-yilda Bagʻdod tumanidagi „Bolshevik“ kolxozining brigada boshligʻi, 1946—1967-yillarda ushbu kolxozning raisi boʻlib ishlagan. 1968—1970-yillarda Bagʻdod tumani mahalliy sanoat kombinati direktori, 1971-yildan yana „Bolshevik“ kolxozi raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1957-yilda Usmonxoʻjayev raisik qilgan kolxozda har gektar yerdan 33 sentner paxta yetishtirilgan hamda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan. 1957-yil 11-yanvarda qishloq xoʻjaligidagi yutuqlari uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari

| ]

Erkin Usmonxoʻjayev 2 marotaba Lenin ordeni (1951-yil 19-iyun, 1957-yil 11-yanvar), 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 6-yanvar, 1978-yil 20-fevral), Xalqlar doʻstligi ordeni (1984-yil 6-iyun), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1948-yil) bilan mukofotlangan.

Manbalar

| ]
  1. image Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 11-jild (Tekislik — Fazliy). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet. 

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Erkin Usmonxoʻjayev haqida, Erkin Usmonxoʻjayev nima? Erkin Usmonxoʻjayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan