Yerkinboy Qutiboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yerkinboy Menliboyevich Qutiboyev (1972.28.8, Nukus) — muaytaychi, kikboksingchi. „Oʻzbekiston iftixori“ (1999). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2004), qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2002). Q. dastlab sportning erkin kurash va boks turlari bilan shugʻullandi, kikboksing boʻyicha Yevropa chempioni boʻldi (1994, Rimini). Kurashning muaytay turida katta shuhrat qozondi: 91 kg vaznda Oʻzbekiston (1997—2004), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1995, 1997, 1998, 2002, 2004, Bang-kok) chempioni. q. Kiyev texnika universitetini tugatgan (1994), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh mutaxassisi (1997—2001), Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (2001—2002), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston filiali direktori (2002— 2004), Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori (2004-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2005), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati (2005). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining 1-oʻrinbosari (2006-yildan).

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yerkinboy Qutiboyev haqida, Yerkinboy Qutiboyev nima? Yerkinboy Qutiboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan