Fuqaro aviatsiyasi

Fuqaro aviatsiyasi – xalq xoʻjaligi sohasi; havo yoʻllari orqali yoʻlovchi, yuk, pochta tashish, qishloq xoʻjaligida va oʻrmonchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlari, baliq ovlash, turli sanoat obyektlarini qurishda, joylarni aerofotosuratga olish, tibbiy-sanitariya xizmatida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Fuqaro aviatsiyasi tarkibida zamonaviy samolyotlar va vertolyotlar parki, texnika inshootlari tizimiga ega boʻlgan havo yoʻllari tarmoqlari, aeroportlar, aerodromlar, radio va meteostansiyalar, zavodlar va taʼmirlash-texnika bazasi, ilmiy tadqiqot muassasalari, oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi tarixi 1924-yil 12-mayda Toshkent— Avliyoota (Taroz) – Pishpek (Bishkek) – Olmaota havo yoʻlida dastlabki yoʻlovchilarni tashishdan boshlanadi.

Yana qarang

  • Aviatsiya
  • Oʻzbekiston havo yoʻllari
  • Havo transporti



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Fuqaro aviatsiyasi haqida, Fuqaro aviatsiyasi nima? Fuqaro aviatsiyasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan