Furqat Esonboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Furqat va familiyasi Esonboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Furqat Esonboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Furqat Erkinovich Esonboyev
Tavallud sanasi 12-fevral 1961-yil (1961-02-12) (64 yosh)
Tavallud joyi

Boʻka tumani

Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
image G.Titov BOʻSM
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979 image Paxtakor
1980—1981 image Yoshlik 14 (2)
1981 image Yangiyer 21 (5)
1982—1984 image Start 96 (12)
1985—1987 image Kosonsoy 97 (34)
1988 image Sohibkor 32 (15)
1989 image Yoshlik 18 (4)
1989 image Yangiyer 13 (10)
1990 image Kosonsoy 29 (18)
1990 image Yangiyer 7 (5)
1990—1992 image/image Kimyogar Olmaliq 66 (43)
1992 image Andijon 11 (11)
1993 image MHSK 15 (4)
1993—1997 image Soʻgʻdiyona 111 (41)
1998 image Metallurg Bekobod 21 (4)
Boshqargan klublari
1999 image Soʻgʻdiyona
2007—2008 image Soʻgʻdiyona
2014 image Oqtepa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Furqat Erkinovich Esonboyev (12-fevral 1961-yil, Boʻka tumani, Toshkent viloyati) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy. Futbolchilik davrida „Paxtakor“, Soʻgʻdiyona", „Andijon“ va „MHSK“ jamoalarida oʻynagan.

Futboldagi faoliyati

| ]

Futboldagi dastblabki bilimlarini Toshkentdagi G.Titov nomidagi RUOR da taʼlim olgan. Professional faoliyatini 1979-yilda „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibida boshladi. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Yoshlik“ (hozirda „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan ataladi) jamoasiga oʻtdi. Esonboyev Jizzaxliklar safida bir necha mavsum toʻp surdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchi hisoblanadi. Turli yillarda Yangiyer, Start, Kosonsoy, Sohibkor, Andijon, Kimyogar, MHSK va Metallurg jamoalarida toʻp tepgan. Namanganning „Kosonsoy“ va Olmaliqning" Kimyogar" jamoalarida SSSR ikkinchi ligasida toʻpurarlar safidan oʻrin olgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach ilk bor oʻtkazilayotgan Oliy ligada (hozirda Oʻzbekiston Superligasi) ham toʻpurarlik mahoratini namoyish etishda davom etdi. 1992-yilgi Oliy liganing dastblabki mavsumida birinchi boʻlib, „Andijon“ jamoasi safida „Shahrixon“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan. Esonboyev futbolchilik faoliyatini 1998-yil Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

| ]

1999-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatida boshladi va „Soʻgʻdiyona“ jamoasi murabbiylar shatabida ishladi. 2007—2008-yilgi masvumda Jizzaxliklar jamoasini Oʻzbekiston Pro ligasidan Oʻzbekiston Superligasiga chiqishida katta ishni bajardi. 2014-yilgi mavsumda Toshkentnng „Oqtepa“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.

Shaxsiy hayot

| ]

Furqat Esonboyevning oʻgli Shahboz Erkinov ham futbolchi.

Manbalar

| ]
  1. „Levandovski 9 daqiqa ichida 5ta gol urdi, oliy ligamizdagi futbolchilarchi?“. 2024-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  2. „Furqat Esonboev - "Oq-tepa"ning yangi bosh murabbiyi“. 2024-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  3. „Eshitdik-da! Furqat Esonboev istefoga chiqadi“. 08 dek 2014 17:59da asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

| ]
  • Furqat Esonboyev Footballfacts saytida futbolchi profili
  • Furqat Esonboyev Teams saytida futbolchi profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Furqat Esonboyev haqida, Furqat Esonboyev nima? Furqat Esonboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan