Ilgizar Sobirov
Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (oʻzbekcha: Илгизар Матёқубович Собиров; 20-fevral 1959-yil, Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati) – Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006-2015), Xorazm vioyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015-2017), Xorazm viloyati hokimi (2017-2018), yuridik fanlar nomzodi.
Ilgizar Sobirov | |
---|---|
Илгизар Собиров | |
![]() | |
Xorazm viloyatining hokimi | |
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
Vorisi | Farhod Ermanov |
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Sеnatining Raisi | |
Mansab davri 2006-yildan – 2015-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Murod Sharifxoʻjayev |
Vorisi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 20-fevral 1959-yil Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() |
Biografiyasi
1986-yilda Toshkent universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2005-yilda Mеhnat shuhrati ordеni bilan mukofotlangan.
1986-1987-yillarda – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti yoshlar tashkilotining kotibi, „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ kafedrasi xodimi.
1988-1992-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ sektori ilmiy xodimi.
1992-1993-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining katta yordamchisi.
1993-1994-yillarda – Toshkent davlat yuridik institutining xalqaro munosabatlar va tarbiyaviy ishlar masalalari boʻyicha prorektori.
1994-1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va hayʼatining kotibi.
1997-1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspert guruhi konsultanti.
1999-2000 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.
2000-2003 – Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisning qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi.
2003-2005 – Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.
2005-2006 – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.
2006-yil 24-fevraldan 2015-yil 23-fevralgacha – Oliy Majlis Senatining Raisi. „Milliy tiklanish“ Oʻzbekiston demokratik partiyasi aʼzosi.
2015-2017 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan 2018-yilgacha – Xorazm viloyati hokimi.
2018-yil 5-oktyabrdan – Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi.
Manbalar
- „Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi“. 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
- Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimligidan ketdi
- Ilgizar Sobirov jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sududa ish boshladi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ilgizar Sobirov haqida, Ilgizar Sobirov nima? Ilgizar Sobirov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!