Isaak Zelenskiy
| Isaak Abramovich Zelenskiy | |
|---|---|
Исаак Абрамович Зеленский | |
| Mansab davri 1931-yildan – 1937-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Aleksey Badayev |
| Vorisi | Ivan Xoxlov |
| OʻzSSR Kommunistik partiyasi markaziy komiteti birinchi kotibi | |
| Mansab davri 1929-yil – 1931-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Nikolay Gikalo |
| Vorisi | Akmal Ikromov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 22-iyun 1890-yil Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 15-mart 1938-yil (47 yoshda) Moskva |
Isaak Abramovich Zelenskiy (10-iyun 1890, Saratov, Rossiya imperiyasi – 1938-yil 15-mart, Kommunarka poligoni, Moskva viloyati, RSFSR) – sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (bolsheviklar) MK birinchi kotibi (1929), raisi/masʼul kotibi. Rossiya Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) Markaziy Osiyo byurosi aʼzosi (1924-1931).
Biografiyasi
| ]Yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning otasi tikuvchi edi. Saratovda boshlangʻich maktabni tugatgan, shlyapa ustaxonasida, keyin esa bosmaxonada ishlagan.
1906-yilda RSDRPga qoʻshildi va partiyaning bolsheviklar qismining aʼzosi edi. 1907-yildan RSDRP Saratov qoʻmitasi aʼzosi. Orenburg, Penza, Samara, Tsaritsin va Moskvada tashviqot ishlarini olib bordi. Partiyaviy ishi uchun bir necha bor hibsga olingan. 1915-yildan Sormovoda tibbiy sugʻurta fondining kotibi boʻlgan. 1915-yilda hibsga olindi va Irkutsk viloyatiga surgun qilindi. 1916-yil dekabrda surgundan qochib ketdi.
1917-yil bahorida Moskvadagi Basmanniy okrug kengashining raisi etib tasdiqlandi. 1917-yil oktyabr oyida bolsheviklar qurolli kuchlari tarkibida Moskvada hokimiyatni qurolli egallab olishda qatnashdi.
1918 yilda – Moskva Sovetining tumanlar boʻlimi boshligʻi, 1918-1920-yillarda – Moskva oziq-ovqat boshqarmasi boshligʻi, RSFSR Oziq-ovqat xalq komissarligi hay’ati aʼzosi. Moskva viloyati aholisidan gʻalla rekvizitsiyasini va oziq-ovqat otryadlari faoliyatini nazorat qildi.
1920-yildan RKP (b) Moskva viloyat qoʻmitasining kotibi, 1921-yildan 1924-yilgacha mas’ul kotibi boʻldi. 1921-yil yanvar-aprelda – Moskva shahar kengashi Prezidiumi va Moskva guberniyasi ijroiya qoʻmitasining raisi, Moskva shahar kengashi va Moskva guberniyasi ijroiya qoʻmitasining maʼmuriy-hududiy komissiyasi raisi.
BKP (b) MK Tashkiliy byurosi aʼzosi (1924), Tashkiliy byuro aʼzoligiga nomzod (1922—1924), RKP (b) MK aʼzoligiga nomzod (1921—1922).
1924-yil iyun-avgust oylarida – Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining kotibi (1923-yil 14-iyundan Markaziy Komitet Kotibiyati aʼzoligiga nomzod). Leninning dafn marosimini tashkil etish komissiyasi aʼzosi.
1924-yil noyabr oyida Toshkentga Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Oʻrta Osiyo byurosi kotibi lavozimiga yuboriladi. Oʻrta Osiyo milliy-davlat chegaralarini belgilash boʻyicha markaziy hududiy komissiyani boshqargan.
1924-1931-yillarda – RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosining raisi/ijrochi kotibi. 1929-yil iyun-dekabrda – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, soʻngra 1929—1931-yillarda – Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi. Uning sharafiga 1924-yildan 1937-yilgacha Oʻzbekistonning Asaka shahri Zelensk deb atalgan. Hibsga olinganidan keyin Leninsk deb nomlandi.
1931-yildan Markaziy ittifoq boshqaruvi raisi, shuningdek, Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining aʼzosi edi.
1934-yil 26-yanvar – 10-fevral Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) XVII syezdining maslahat ovozi bilan delegati.
1937-yil avgustda hibsga olindi va o'sha yilgi Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasining oktyabr Plenumida Markaziy Qo'mitaning a'zoligidan chetlashtirildi. "Sovetlarga qarshi o'ng-trotskistik markaz" ishi bo'yicha sudda ayblanuvchi sifatida keltirildi. 1938-yil 13-martda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan o'lim jazosiga hukm qilindi va 15-martda otib tashlandi.
1959-yil 15-iyunda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi uni ishida jinoyat alomati yoʻqligi uchun reabilitatsiya qildi. 1959-yil 3-iyulda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Partiya nazorati komissiyasi uning KPSS aʼzoligini tikladi.
Manbalar
| ]- „Зеленский Исаак Абрамович“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- „Биография на Хроно.ru“. 2008-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-aprel.
- „Секретариат ЦК РСДРП(б) — РКП(б) — ВКП(б) — КПСС“. 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
- Делегаты XVII съезда ВКП(б) 26.1 — 10.2.1934
- Зеленский в числе других осуждённых был расстрелян и похоронен в братской могиле на спецобъекте НКВД «Коммунарка» в Ленинском районе Московской области (в настоящее время 4 км по Калужскому шоссе от МКАД
- "Izvestiya TsK KPSS", 7 iyulya 1990 goda.
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1890-yilda tugʻilganlar
- 15-martda vafot etganlar
- 1938-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Oʻzbekiston Prezidentlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Isaak Zelenskiy haqida, Isaak Zelenskiy nima? Isaak Zelenskiy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!