Iskandar Munshiy
Iskandar Munshiy, Iskandarbek Turkman (1561/62 — 1634) — tarixchi, Eron shohi Abbos I ning munshiysi. Oliy devonda xizmat qilguniga qadar moliyaviy ishlar boʻyicha kichik amaldor, soʻngra devoni inshoda xizmat qilgan; 1587 yil boshida harbiy xizmatga lashkarnavis sifatida qabul qilingan va Abbos I ning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1592/93 yildan vafot etguniga qadar shohning shaxsiy kotibi boʻlib xizmat qilgan. I. M.ning "Tarixi olam oroyi Abbosiy" ("Abbosiyning jahon ziynati tarixi", 1616—taxminan 1630) asari safaviylarnit Abbos I davridagi tarixining asosiy manbasi hisoblanadi. Unda Ozarbayjon tarixi, Abbos I ning harbiy islohotlari, safaviylar qoʻl ostidagi mamlakatlar (Gruziya, Kurdiston, Shirvon)dagi xalq harakatlari, shuningdek, Movarounnahrning 16-asr oxiridagi siyosiy ahvoli, Xorazm bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy aloqalar va b. haqida muhim maʼlumotlar bor.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Safaviy tarixchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Iskandar Munshiy haqida, Iskandar Munshiy nima? Iskandar Munshiy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!