Volga bulgʻorlari

Volga bulgʻorlari, Volga-Kama bulgʻorlari (Kama bulgʻorlari, bulgʻorlar) — Azov boʻylarida 7-asrda koʻchmanchilik qilib yurgan, soʻngra (7-asrning 2-yarmida) Oʻrta Volga boʻylariga koʻchib borgan turkiy qabilalar. Oʻrta Volga (Idel) va Kama daryosi boʻylarida Volga bulgʻorlari ugor-fin til oilasiga mansub mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar va kuchli harbiy tashkilotga ega boʻlganlari tufayli Volga-Kama havzasida siyosiy gegemonlikni qoʻlga olganlar, bu yerda turkiy tillar keng tarqala boshlagan. Volga bulgʻorlari boshqa mahalliy qabilalarni xalq boʻlib shakllanishida va davlat (qarang Volga-Kama Bulgʻoriyasi) barpo etilishida bosh rolni oʻynagan. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va boshqalar.
Yana qara
| ]- Volga-Kama Bulgʻoriyasi
- Qozon xonligi
Adabiyotlar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Millatlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Volga bulgʻorlari haqida, Volga bulgʻorlari nima? Volga bulgʻorlari nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!