Jahongir Ahmedov
- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Ahmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Ahmedov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 4-fevral 1983-yil Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Rejissyor, ssenariychi |
| Faoliyat yillari | 2009 — h.v. |
| Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan) — oʻzbek kinorejissyor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Tarjimai hol
| ]Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitirib, 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik boʻyicha tamomlagan. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.
Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediya kartinasini olishdan boshlagan. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻygan. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrgan.
2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ish boshlagan. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga olgan. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritgan. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholangan. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etilgan.
2020-yil Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olingan. Jahongir Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissyori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etilgan. Film kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topilgan. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissyor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan.
- 2018-yilda – Oʻzbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi.
- 2019-yilda – Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash aʼzosi.
- 2020-yilda – Oʻzbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv aʼzosi.
Maʼlumoti
| ]- Toshkentdagi 25-oʻrta maktabni bitirgan.
- 2002-yildan 2006-yilgacha Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan.
- 2006-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida magistratura bosqichida tahsil olgan va tamomlagan.
Filmografiya
| ]Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan.
| Yil | ||
|---|---|---|
| Nomi | Rol | |
| 2009-yil | Uylanish | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2010-yil | Omad | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2010-yil | Tundan tonggacha | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2011-yil | Oling quda − bering quda | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2011-yil | Qorakoʻz | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2012-yil | Soʻnggi qoʻngʻiroq | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2012-yil | Xizmat doirasidan tashqarida | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2012-yil | Tundan tonggacha 2 | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2013-yil | Ana xolos | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2015-yil | Tilim qursin | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2014-yil | Baxt ortidan | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2014-yil | Onam bilmasin | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2015-yil | Dadam bilmasin | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2015-yil | Tilim qursin 2 | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2016-yil | Majnun | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2017-yil | Asal oyi | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2018-yil | Islomxoʻja | rejissor, ssenariy muallifi |
| 2020-yil | Ilhaq | rejissor, ssenariy muallifi |
Mukofotlar
| ]- 2011-yil „M & TVA Eng yaxshi rejissori“ nominatsiyasi gʻolibi.
- 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
- 2021-yil „Listopad“ Xalqaro kinofestivalda Gran-pri sohibi („Ilhaq“ filmi uchun).
- 2021-yil „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film“ nominatsiyasi gʻolibi.
Manbalar
| ]- Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
- Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Daryo.uz
- Kino va adabiyot, „Oltin oʻrtali“ izlangan „Ilhaq“ va „Oskar“ — Rejissor Jahongir Ahmedov bilan suhbat[sayt ishlamaydi] Kun.uz
- Jahongir Ahmedov: Dunyoga chiqish uchun oldin hovliga chiqish kerak Amerikaovozi.com
- Jahongir Ahmedov: avvallari juda an’anaviy, o’ta konservativ fikrlagan ekanman Amerikaovozi.com
- Jahongir Ahmedovning «Islomxoʻja» filmida tarixiy qotillik siri fosh etiladi Kun.uz
- Jahongir Ahmedov AQSHlik kinoijodkorlar bilan turkum filmlarni suratga oladi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Xs.uz
- «Ilhaq» filmi qahramoni — Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrif Kun.uz
- Завершились съемки фильма «Илхак», посвященного 75-летию победы во Второй мировой войне. Uzdaily.uz
- “Илҳақ” фильми режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов билан очиқ суҳбат Yuz.uz
- Узбекистан представит в Минске фильм о войне — видео Uz.sputniknews.ru
- “Oltin Humo” milliy kinomukofotini tantanali topshirish marosimi Uzdaily.uz
- Шавкат Мирзиёев "Илҳақ" фильми ҳақида нима деди? (ВИДЕО) Aniq.uz
- M&TVA takdirlash marosimi yakuni! Fazo.tv
- Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
- Победителем фестиваля "Лістапад" стал фильм "Илхак" узбекского режиссера Джахонгира Ахмедова Belta.by
- Eng yaxshi film, aktyor, rejissor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi oʻtkazildi Qalampir.uz
- 4-fevralda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Kishilar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- Oʻzbekiston rejissyorlari
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jahongir Ahmedov haqida, Jahongir Ahmedov nima? Jahongir Ahmedov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!