Mirzohid Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mirzohid Rahimov (1946.30.9, Toshkent) – diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1964-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissor yordamchisi, rejissor assistenti, 1967-yildan diktor. R.ning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, „Nazm va navo“, „Yakshanba oqshomi“ koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. R. telefilm, kinoxronika va „Oʻzbekfilm“da filmlarga ovoz bergan.

Unvon va mukofotlari

| ]
  • Oʻzbekiston xalq artisti (2000-yil)
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992-yil)
  • Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil);

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mirzohid Rahimov haqida, Mirzohid Rahimov nima? Mirzohid Rahimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan