Jahongir Oʻrozov
- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Oʻrozov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jahongir Oʻrozov | ||
| Tavallud sanasi | 18-yanvar 2004-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 190 m (623 ft 4 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2020—2022 | | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2022—2023 | | 17 | (0) |
| 2023— | | 0 | (0) |
| 2024 | → | 7 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022—2023 | | 14 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 12-oktyabr uchun) | |||
Jahongir Oʻrozov (2004-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirok etgan. 2023-yil avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi. 2024-yil yozgi transfer oynasida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijara shartnomasi asosida oʻtgan.
Futbolchilik faoliyati
| ]Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzolagan. Bunyodkor jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazgan. 2023-yilgi mavsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan taklif tushgan. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib olgan.
2024-yilgi mavsum yozgi transfer kunlari davrida Eyupspor jamoasi Jahongirni yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganligi sababli Samarqandning „Dinamo“ jamoasi ijaraga bergan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qilgan. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻlgan va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qilgan.
Yutuqlar
| ]AFC U-20 Osiyo kubogi chempioni: 2023
Turkiya Birinchi ligasi gʻolibi: 2023/2024
Manbalar
| ]- „Расман: Жаҳонгир Ўрозов Туркия клуби билан беш йиллик шартнома имзолади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „Расман: Жаҳонгир Ўрозов фаолиятини Туркия чемпионатида давом эттиради“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „“Бунёдкор” бир қатор футболчилар билан шартнома имзолади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „"Бунёдкор". Ўрозов ва Маҳамаджонов Суперлигада дебют қилади“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „Эшитдик-да! "Бунёдкор" аъзоси Туркия клубига ўтмоқда“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „Эшитдик-да! "Эюпспор" Жаҳонгир Ўрозов учун "Бунёдкор"га қанча пул тўлаши маълум“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- „Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг U-20 Осиё Кубогидаги асосий кўрсаткичлари“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
Havolalar
| ]- Jahongir Oʻrozov Soccerway sayti
- Jahongir Oʻrozov Transfermarkt sayti
- Jahongir Oʻrozov (Wayback Machine saytida 2023-08-18 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
- 18-yanvarda tugʻilganlar
- 2004-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Eyupspor futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jahongir Oʻrozov haqida, Jahongir Oʻrozov nima? Jahongir Oʻrozov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!