Rahmonbek Usmonov
Rahmonbek Jahongirovich Usmonov (1960-yil 24-aprel) — davlat va jamoat arbobi. 2011-2018-yillarda Toshkent shahar hokimi. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari. 2021-yildan buyon “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshligʻi .
Usmonov Rahmonbek Jahongirovich | |
---|---|
Усманов Рахманбек Джахангирович | |
![]() | |
Toshkent shahrining hokimi | |
Mansab davri 2011-yil 17-fevral – 2018-yil 26-aprelgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abduqahhor Toʻxtayev |
Vorisi | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 24-aprel 1960-yil Toshkent, OʻzSSR |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Hayoti
1977-1982 yy. — Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti talabasi.
1982-1990 yy. — Toshkent shahar 1-Avtokorxonasi uchastka ustasi, avtosaf boshligʻi, katta muhandis, direktor oʻrinbosari.
1990-1990 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ ishlab chiqarish axborot boshqarmasi boshligʻi vazifasini. bajaruvchi
1990-1992 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Qurilishmexservis“ korxonasi direktori.
1992-1993 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.
1993-1996 yy. — Toshkent shahar 1-avtokorxonasi direktori vazifasini bajaruvchi.
1996-1996 yy. — „Toshshaharyoʻlovchiavtotrans“ ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi.
1996-2001 yy. — „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Davlat uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.
2001-2003 yy. — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
2003-2005 yy. — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi
2005-2011 yy. — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011-2012 yy. — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi.
2012-2018 yy. — Toshkent shahar hokimi.
2018-2018 yy. — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda shuningdek, „Paxtakor“ futbol klubi Prezidenti boʻlgan.
2018-2020 — Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi.
2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari.
2021-yildan — Toshkent metropoliteni direktori.
Mukofotlari
2008-yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. 2024-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- Rasmiy manbada (Wayback Machine saytida 21-sentyabr 2021-yil sanasida arxivlangan): Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich (Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich)
- „Rahmonbek Usmonov vazir o‘rinbosarligiga tayinlandi Qaralgan sana=29.08.2024“ (kun.uz).
- „arxiv nusxasi“. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
- Toshkent shahar hokimi
- Toshkent shahrining sobiq hokimi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi
- „Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi“. Kun.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rahmonbek Usmonov haqida, Rahmonbek Usmonov nima? Rahmonbek Usmonov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!