Javohir Qahramonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Qahramonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Yangiboy oʻgʻli Qahramonov
Tavallud sanasi 21-mart 1996-yil (1996-03-21) (29 yosh)
Tavallud joyi Termiz Oʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Bunyodkor
2014—2015 Bunyodkor-2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Bunyodkor 0 (0)
2014—2015 Bunyodkor-2 - (-)
2016   Obod 18 (0)
2017 Dinamo Samarqand 13 (2)
2017—2018 Buxoro 39 (3)
2019 Bunyodkor 25 (2)
2020—2023 Soʻgʻdiyona 102 (19)
2024 Neftchi 25 (1)
2025— Soʻgʻdiyona 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Oʻzbekiston U-23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Javohir Yangiboy oʻgʻli Qahramonov (inglizcha: Javokhir Kakhramonov; 21-mart 1996-yil, Termiz) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Javohir Termiz futboli tarbiyalanuvchisi va birinchi murabbiyi Ravshan Doʻrmonov boʻlgan. Professional futboldagi ilk saboqalarini „Bunyodkor akademiyasi“dan olgan. „Bunyodkor-2“ jamoasida Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan.

2016-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi tarkibidagi raqobat kuchliligi sababli Toshkentning boshqa bir jamoasi „Obod“ klubiga ijaraga berilgan. Javohir Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yil 5-mayda Toshkentnning „Obod“ klubi tarkibida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir mavsum davomida „Obod“ jamoasi safida Superligada 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. Samarqand jamoasida yarim mavsum davomida oʻynagach, ikkinchi davra oldidan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Buxoro klubida dastlabki golini 2016-yil 12-avgust kuni „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi va yakunda „Buxoro“ klubi gʻalaba qozongan. Buxoro klubi tarkibida bir yarim mavsum davomida oʻynagan va jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylangan. 2019-yilgi oʻzining „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan va klubning Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2020-yilgi mavsum „Buxoro“ klubida Javohirga ustozlik qilgan Ulugʻbek Baqoyev uni Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga taklif etgan. Jizzax klubi bilan shartnoma imzolagan Javohir, „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan 2021-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta hissa qoʻshdi va 2022-yilgi mavsumda AFC Kubogida ishtirok etib xalqaro klublar futbolida debyut qildi. AFC kubogida 5 ta oʻyinda qatnashib 2 ta gol urgan.

2023-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtayotgani haqida OAVlarda xabar qilingan. 2023-yil 22-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

| ]

Manbalar

| ]
  1. „KOKAND-1912 VS. OBOD 1 - 0“ (2016-yil 3-may).
  2. „Омадли старт ёки «Динамо» Бекободдан ғалаба билан қайтмоқда“ (2017-yil 4-mart).
  3. „"Динамо" сўнгги 25 йилда энг ёш таркиб билан ўйнамоқда“ (2017-yil 11-mart).
  4. „“Бухоро” ўз сафига Жавоҳир Қаҳрамоновни қўшиб олди“ (2017-yil 27-iyul).
  5. „“Buxoro” o'z safiga Javohir Qahramonovni qo'shib oldi“ (26 iyu 2017).
  6. „BUXORO VS. NASAF 1 - 0“ (2017-yil 8-dekabr).
  7. „Javohir Qahramonov: “Buxoro”dagi birinchi golimni muxlislarimizga bag'ishlayman”“ (16 avg 2017).
  8. „"So'g'diyona" yangi futbolchilarni tanishtirdi“ (2020-yil 6-mart).
  9. „“So'g'diyona” ikki nafar yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi“ (2020-yil 3-yanvar).
  10. „Javohir Qahramonov "So'g'diyona" bilan kelishuvni uzaytirdi“ (2023-yil 10-yanvar).
  11. „Суперлига сарҳисоби. 2023 йилги мавсумда "Сўғдиёна" таркибида ким қанча ўйнади?“ (2023-yil 6-dekabr).
  12. „"So'g'diyona" etakchisi faoliyatini "Neftchi"da davom ettiradi“ (2023-yil 21-dekabr).
  13. „ЖАВОҲИР ҚАҲРАМОНОВ “НЕФТЧИ» АЪЗОСИ !“ (2023-yil 22-dekabr).
  14. „Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi 2021 yilgi Superliga yakunlariga ko'ra kumush medallarga ega chiqdi.“ (06 dek 2021).

Havolalar

| ]
  • Javohir Qahramonov OʻzPFL saytida
  • Javohir Qahramonov Transfermarkt saytida futbolchi profili
  • Javohir Qahramonov Soccerway saytida futbolchi profili
  • Javohir Qahramonov Teams saytida futbolchi profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Javohir Qahramonov haqida, Javohir Qahramonov nima? Javohir Qahramonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan