Javohir Sidiqov
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Javohir Alisherovich Sidiqov | ||
| Tavallud sanasi | 8-dekabr 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 164 cm (5 ft 4 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Paxtakor | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2016 | Paxtakor | 2 | (-) |
| 2016—2020 | Qoʻqon 1912 | 69 | (11) |
| 2019—2020 | → Paxtakor | 21 | (4) |
| 2021 | Lokomotiv | 19 | (0) |
| 2022—2023 | Qoʻqon 1912 | 21 | (4) |
| 2023 | → Nasaf | 21 | (1) |
| 2024— | Nasaf | 19 | (3) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2013 | Oʻzbekiston U-17 | 4 | (-) |
| 2014—2015 | Oʻzbekiston U-20 | 6 | (0) |
| 2017—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 20 | (4) |
| 2018— | Oʻzbekiston | 13 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 1-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 1-iyun uchun) | |||
Javohir Alisherovich Siddiqov (ruscha: Сидиков, Джавохир Алишерович, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qarshining „Nasaf“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
| ]Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.
2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qoʻqon 1912 klubi tarkibiga oʻtgan va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
| ]2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014—2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yil Oʻzbekiston U-23 (Olimpiya) terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlaridan ishtirok etgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.
Siddiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan va turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2019-yil 13-yanvar | Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | 1-0 | 4-0 | AFC Osiyo kubogi 2019 |
Yutuqlari
| ]Paxtakor
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2015, 2019, 2020
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi (2): 2019, 2020,
- Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi (1): 2019
Nasaf
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1) 2024
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2023, 2024, 2025
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: (1) 2023
Terma jamoa
| ]- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil
Manbalar
| ]- Javohir Siddiqov Soccerway saytida
- „Архив суратлари тилга кирганда, кўзгуда Жавоҳир Сиддиқов“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- „Жавоҳир Сидиқов "Қўқон-1912"да“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- „Жавоҳир Сидиқов - "Локомотив" футболчиси“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- „Javohir Siddiqov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
Havolalar
| ]- Javohir Siddiqov Soccerway saytida
- Javohir Siddiqov Milliy futbol terma jamoalar saytida
- Javohir Siddiqov Transfermarkt saytida
- Javohir Siddiqov Worldfootball saytida
- 8-dekabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Javohir Sidiqov haqida, Javohir Sidiqov nima? Javohir Sidiqov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!