Javohir Sindarov
| Javohir Sindarov | |
|  Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret) | |
| Tugʻilgan sanasi: | 8-dekabr 2005-yil | 
| Tugʻilgan joyi: | Toshkent, Oʻzbekiston | 
| Unvoni: | Grossmeyster (2019-yil) | 
| Maksimal reytingi: | 2701 (Dekabr, 2023-yil) | 
| Hozirgi reytingi : | 2701 (Mart, 2024-yil) | 
| Mukofotlari: | |
Javohir Sindarov (Sindorov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil). 2018-yilning oktyabr oyida 12 yosh 10 oy-u 5 kunligida grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Sportchi ushbu natijasi bilan dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida oʻzini tarixga muxrlab qoʻyishga erishgan. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.
Faoliyati
| ]Javohir 2017-yilning oktyabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida oʻzining dastlabki grossmeyster (GM) darajasiga erishgan. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.
2018-yil oktyabr oyida u 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi.
Natijalar jadvali
| ]| Yil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin | 
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2016 | Pardubice | "CZECH OPEN 2016 – A – GM open" | 2 | 0 | 7 | 5½ / 9 | |
| 2017 | Toshkent | "11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A)" | 6 | 0 | 3 | 6 / 9 | |
| Toshkent | "Zone 3.4 Men Championship 2017" | 5 | 2 | 2 | 6 / 9 | ||
| 2018 | Voronej | Alekhine Memorial | 5 | 1 | 3 | 6½ / 9 | |
| Kocaeli | "FIDE World Junior Chess Championships 2018 – Open" | 6 | 3 | 2 | 7 / 11 | ||
| Budapesht | "First Saturday GM October 2018" | 6 | 1 | 2 | 7 / 9 | 
Manbalar
| ]- „Certificate of Title Result: Grandmaster“ (2018-yil 21-iyun). 2018-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- Sindarov Likely Becomes 'New' 2nd-Youngest GM In History Chess.com
- Sindarov: second youngest GM ever
- „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- 88th FIDE Congress 2017, 7-15 October, Goynuk, Antalya, Turkey FIDE
- „THE WEEK IN CHESS 1228 21st May 2018 by Mark Crowther“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
- „FIDE World Cup 2.3: Sindarov knocks out Firouzja“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- „1-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- „2-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- „3-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- „1-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- „2-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- „3-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
Havolalar
| ]- Javohir Sindarov shaxsiy profili (FIDE.com)
- 8-dekabrda tugʻilganlar
- 2005-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Shaxmatchilar
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Javohir Sindarov haqida, Javohir Sindarov nima? Javohir Sindarov nimani anglatadi?






 
  
  
  
 

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!