Valijon Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valijon Rahimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valijon Alijonovich Rahimov
Tavallud sanasi 16-fevral 1995-yil (1995-02-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Urganch Oʻzbekiston
Boʻyi 189 cm (6 ft 2 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Andijon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 image Xorazm - (-)
2014—2017 image Paxtakor - (-)
2017 image Lokomotiv BFK - (-)
2018 image Sultanorhanspor - (-)
2018 image 1920 Maras Spor 6 (0)
2019 image Cayirova Spor 5 (0)
2020—2024 image OKMK 47 (0)
2025— image Andijon 0 (0)
Milliy terma jamoa
2021— image Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 10-dekabr uchun)

Valijon Alijonovich Rahimov (ruscha: Рахимов, Валиджон Алиджонович; 16-fevral 1995-yil, Urganch) – oʻzbek futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Andijonning „Andijon“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Valijon Rahimov Xorazm futboli tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini „Xorazm“ klubida boshlagan va keyinchalik 2014-yildan „Paxtakor“ yoshlar tizimida faoliyatini davom ettirgan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Lokomotiv“ jamoasining farm jamoasi „Lokomotiv BFK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Turkiyaning quyi liga jamoalaridan biri „Sultanorhanspor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sultanorhanspor jamoasida yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng „1920 Maras Spor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2019-yilgi, yangi mavsum oldidan Valijon oʻzining Turkiyadagi uchinchi jamoasi „Cayirova Spor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Cayirova Spor“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynadi va 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytdi. 2020-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Superligasining yetakchi jamoalaridan biri, Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq AFC Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoaning asosiy darvozabonlaridan biriga aylandi. 2024-yil yanvar oyida „OKMK“ jamoasi bilan shartnomnasini ikki yil muddatga uzaytirgan.

Milliy terma jamoa

| ]

Valijon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2021-yil 9-oktyabrda Malaziyaga qarshi oʻyinda Srečko Katanec murabbiyligi davrida ilk bor debyut qildi.

Yutuqlar

| ]

Manbalar

| ]
  1. „Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin"“ (2021-yil 12-aprel).
  2. „AGMK darvozaboni bilan 2 yillik shartnoma imzoladi“ (18 fev 2022).
  3. „ОКМК Валижон Раҳимов билан шартномани узайтирди“ (2024-yil 10-yanvar). 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
  4. „Valijon Rahimov: Katanec birinchi navbatda tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda“ (09 okt 2021).
  5. „Katanec AGMKdan kimni taklif qildi?“ (30 sen 2021).
  6. „Terma jamoa. Malayziya mag'lub qilingan bahsda kimlar debyut qildi?“ (09 okt 2021).

Havolalar

| ]
  • Valijon Rahimov (Wayback Machine saytida 2023-11-27 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
  • Valijon Rahimov Soccerway saytida futbolchi profili
  • Valijon Rahimov Transfermarkt saytida futbolchi profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Valijon Rahimov haqida, Valijon Rahimov nima? Valijon Rahimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan