Saidahmad Rahimov

Saidahmad Boʻriyevich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2005—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi.

Saidahmad Boʻriyevich Rahimov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Mansab davri
2004-yildan – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mamarizo Nurmurodov
Vorisi Rustam Azimov
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2003-yildan – 2004-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Golishev
Vorisi Azizjon Vorisov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-noyabr 1960-yil (1960-11-14) (64 yosh)
Toshkent
Mukofotlari image

Biografiyasi

Maʼlumoti

Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati

1989—1993-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti assistenti, katta oʻqituvchisi.

1993—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi tahlil boʻlimi boshligʻi, pul-kredit siyosati boshqarmasi tahlil markazi boshligʻi, kreditni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi.

1995-1997 — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari.

1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

2000-2002 — "Asaka" davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.

2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi.

2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2005-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi hamda bank homiyligidagi "NBU-Osiyo" futbol klubi Prezidenti.

2015-yildan — Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashi raisi.

Oilasi

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Manbalar

  1. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва иқтисодий-ижтимоий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш ҳақида“.
  2. Suhrob Xolmurodov Milliy bank rahbari etib tayinlandi
  3. Saidahmad Rahimov ShHT Banklararo birlashmasi kengashi raisi etib saylandi


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Saidahmad Rahimov haqida, Saidahmad Rahimov nima? Saidahmad Rahimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan