Qorakoʻl platosi

Qorakoʻl platosi - Zarafshon daryosining quyi oqimidagi (Buxoro viloyati) plato, Qorakoʻl shahridan shimolda. Bu yerda Zarafshon daryosi platoni kesyb oʻtib, tor (kengligi 0,5—1,0 km, nisbiy balandligi 20 m gacha) Qorakoʻl yoʻlagini hosil qiladi. Plato Buxoro va Qorakoʻl vohalari oraligʻida. Yer yuzasi bir oz toʻlqinsimon tekislik va shimoli-gʻarbga nishab. Bal. 200–226 m orasida. Qoraqumga bir oz pogʻona hosil qilib tushgan. Plato yuzasi chagʻir shagʻallar bilan qoplangan, shimoli-gʻarbiy qismi qumli, ular baʼzi joylarda barxan tepalarini hosil qiladi. Chagʻir shagʻallar va qumlar ostida yuqori pliotsen va quyi toʻrtlamchi davr qumtoshlari joylashgan. Plato yuzasida kichik qator tepalar, qirlar uchraydi. Sur-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Oʻsimligi choʻlga xos.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qorakoʻl platosi haqida, Qorakoʻl platosi nima? Qorakoʻl platosi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan