Frederick Soddy
Frederick Soddy (talaffuzi: Frederik Soddi) (1877.2.9, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radiokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1910-yildan). Oksford universitetini tugatgan (1898). 1900—02 yilda Monrealdagi MakGill universitetida Ernest Rezerford bilan, 1903—04 yillarda London universitetida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo universitetida dars bergan (1904—14), Aberdin (1914— 19) va Oksford (1919—36) universitetlarida professor Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford bilan hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chiqdi (1902), "yarim yemirilish davri" tushunchasini fanga kiritdi. William Ramsay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlangan.
Manbalar
| ]- Nobel mukofoti sovrindorlari
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Kimyogarlar
- 1877-yilda tugʻilganlar
- 2-sentabrda tugʻilganlar
- 1956-yilda vafot etganlar
- 22-sentabrda vafot etganlar
- Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Frederick Soddy haqida, Frederick Soddy nima? Frederick Soddy nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!