Mirhalil Mahmudov
| Mirhalil Mahmudov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1-fevral 1947-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Toshkent konservatoriyasi |
| Kasbi | Kompozitor |
| Mukofotlari | |
Mirhalil Mahmudov (1947-yil 2-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek kompozitori, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000).
Hayoti
| ]Mirhalil Mahmudov 1947-yil 2-yanvarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatgan. U 1974–1978-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari sifatida, 1983-yildan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yilga kelib dotsentlik unvoniga erishgan.
Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (birinchisi „Navo“), skripka va simfonik orkestr uchun konsert, kamer orkestri uchun syuita, „D. Shostakovich xotirasiga“ poema, „Muhammas va ufor“ I-III; shuningdek, „Toshkent zamini“ kantatasi (Erkin Vohidov), „Ona madhi“ poemasi, „Vatan shahnozi“, „Ona Oʻzbekiston“, „Elga bahor keldi“ va boshqa qasidalar, „Toshkent sadosi“ oratoriyasi, „Sindirilgan koʻza“ (S. Jamol), „Davlat bolalari“ (Rixsivoy Muhammadjonov), „Toʻylar muborak“ (Oʻtkir Hoshimov) kabi musiqali drama va komediyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar („Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Oʻtgan kunlar“, „Chimildiq“, „Bulbul“, „Jaloliddin Manguberdi“ va boshqalar)ga musiqa bastalagan. Mirhalil Mahmudovning sara asarlari badiiy barkamolligi, milliy yorqinligi bilan ajralib turadi.
Mukofotlari
| ]- 2000-yil — Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
Manbalar
| ]- „МИРХАЛИЛ МАХМУДОВ“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
-
Ishonch.uz(oʻzb.) - OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 1-fevralda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Bastakorlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mirhalil Mahmudov haqida, Mirhalil Mahmudov nima? Mirhalil Mahmudov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!