Muhammadali Aliqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammadali Aliqulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadali Roʻziyevich Aliqulov
Tavallud sanasi 14-mart 1997-yil (1997-03-14) (28 yosh)
Tavallud joyi Qashqadaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 1.86 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Busan IPark
Raqami -
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2017 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Mashʼal-2 - (-)
2018 Shoʻrtan - (-)
2019—2021 Mashʼal 25+ (0)
2022—2023 Metallurg 30 (0)
2024 Busan IPark 5 (0)
2024— Jeonnam Dragons 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Muhammadali Roʻziyevich Aliqulov (ruscha: Мухаммадали Аликулов; 14-mart 1997-yil, Qashqadaryo) – Oʻzbekistonlik futbolchi. Janubiy Koreyaning K-2 ligasida ishtirok etuvchi „Busan IPark“ jamoasida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Muhammadali futboldagi bilimlarini Mashʼal futbol akademiyasida olgan. 2016-2017-yilgi mavsumlarda Muborakning „Mashʼal“ jamoasining farm jamoasi „Mashʼal-2“ jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Pro A ligasida oʻynagan. 2019-yilgi mavsumda Muborakka qaytdi va asosiy jamoa, „Mashʼal“ klubi tarkibida oʻynashni boshlagan. 2019-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va Pro liga gʻolibi boʻishida katta hissa qoʻshdi. Muborak jamoasi uch mavsum oʻynaganidan soʻng 2022-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Bekobod jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va Oʻzbekiston Superligasi msuoboqasida 30 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2023-yilgi mavsum yakunida bir necha Koreya ligasi jamoalari tomonida Aliqulovga qiziqish mavjudligi toʻgʻrisida OAVda maʼlumotlar tarqaldi. 2024-yil yanvar oyida Kareya K 2 ligasida ishtirok etuvchi „Busan IPark“ jamosi bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil Busan IPark klubida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng 5-iyulda Key liga-2ning yetakchi jamoalaridan biri "Jeonnam Dragons" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2019

Shaxsiy hayot

| ]

Muhammadali Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning „Çaykur Rizespor“ klubi aʼzosi Husniddin Aliqulovning akasidir. Husniddin ham akasi kabi markaziy himoyada oʻynaydi.

Manbalar

| ]
  1. „Muahammadali Aliqulov — “Busan” futbolchisi“ (2024-yil 17-yanvar).
  2. „Ўзбекистонлик легионерлар сони биттага кўпаяди. Алиқулов Кореяга йўл олмоқда“ (2024-yil 9-yanvar).
  3. „Расман: Алиқулов Корея чемпионатида тўп суради!“ (2024-yil 17-yanvar).
  4. „Rasman: Muhammadali Aliqulov — “Busan” futbolchisi“ (2024-yil 17-yanvar).
  5. „Расман: Муҳаммадали Алиқулов – "Чоннам Дрэгонз" аъзоси“ (2024-yil 5-iyul).

Havolalar

| ]
  • Muhammadali Aliqulov[sayt ishlamaydi]OʻzPFL saytida
  • Muhammadali Aliqulov Soccerway saytida
  • Muhammadali Aliqulov Transfermarkt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muhammadali Aliqulov haqida, Muhammadali Aliqulov nima? Muhammadali Aliqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan