Husniddin Aliqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Husniddin Aliqulov 
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov
Tavallud sanasi 4-aprel 1999-yil (1999-04-04) (26 yosh)
Tavallud joyi image Kitob Oʻzbekiston
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 74 kg (163 lb)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
image Çaykur Rizespor
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
image Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 image Mash’al-2 25 (2)
2017 image Mashʼal 12 (1)
2019—2023 image Nasaf 88 (10)
2023— image Çaykur Rizespor 31 (3)
Milliy terma jamoa
2018—2021 image Oʻzbekiston U-23 15 (0)
2024 image Oʻzbekiston (Olimpiya) 3 (0)
2020— image Oʻzbekiston 27 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun)

Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

| ]

Ilk yillari

| ]

Husniddin Aliqulov – „Mashʼal“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyada 2012-yildan 2018-yilgacha tahsil olgandan soʻng, 2018-yildan Husniddin Aliqulov „Mashʼal“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida

| ]

2019-yilda Husniddin Aliqulovning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni oʻzining jamoasiga jalb etdi. Husniddin Aliqulov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida birinchi mavsumida 8 ta oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019—2020-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushgan va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2020—2021-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.844 daqiqa maydonda harakat qildi.

2021—2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 579 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 279 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yil Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasida Nasaf safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 540 daqiqa maydonda harakat qildi. Guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng, Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan oʻrin oldi.

Çaykur Rizespor

| ]

2023-yil 5-avgust Turkiyaning Superligasining „Çaykur Rizespor“ jamoasi bilan 3+1 shartnoma imzoladi. Turkiya jamoasi Aliqulovni Qarshining „Nasaf“ jamoasidan 400 ming yevroga sotib oldi va Husniddin Qarshi jamoasi bilan Instagram orqali xayrlashuv maktubini yoʻlladi.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

2023-yil AFC Osiyo kubogi 2023 yakuniy terkibga kiritilgan edi. Ammo 2024-yil 7-yanvarda Falastin terma jamoasiga qarshi oʻyinda olgan jarohati sababli ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi.

Mukofotlari

| ]

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyatidagi statistikasi

| ]

Klub safidagi statistikasi

| ]
O'yin 2024-yil 26-may kuni boʻlib oʻtgan (UTC).
KLub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Divizion O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Mashʼal Mubarek 2018 Oʻzbekiston Pro ligasi 12 1 1 0 1 0 14 0
Nasaf 2019 Oʻzbekiston Superligasi 9 0 3 0 1 0 13 0
2020 23 0 3 0 26 0
2021 20 3 4 1 6 2 1 0 31 6
2022 24 2 4 2 8 0 1 0 37 4
2023 12 5 2 0 14 5
Çaykur Rizespor 2023–24 Turkiya Superligasi 21 0 1 0 22 0
Umumiy faoliyat 121 11 18 3 14 2 4 0 157 16
  1. Appearance(s) in Uzbekistan League Cup
  2. Appearance(s) in AFC Cup
  3. Appearance(s) in Uzbekistan Super Cup
  4. Appearance(s) in Asian Champions League

2024-yil 10-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Husniddin Aliqulov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar ro'yxati
Sana Joy O'yin Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 2023-yil 13-oktyabr Dalian Pro Academy Base Stadium, Dalian, Xitoy 15 image Vyetnam 2–0 2–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2024-yil 6-iyun Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 21 image Turkmaniston 1–0 3–1 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC ikkinchi bosqich
3 2024-yil 10-sentyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 24 image Qirgʻiziston 2–2 3–2 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC uchinchi bosqich

Manbalar

| ]
  1. „2020—2021-yilgi mavsumda Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
  2. „2021—2022-yilgi mavsumda Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
  3. „Husniddin Aliqulov OCHL guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan o'rin oldi“.
  4. „Расмий хабар: Ҳусниддин Алиқулов – "Ризеспор" аъзоси!“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  5. „"Ризеспор" Ҳусниддин Алиқулов учун "Насаф"га қанча тўлади?“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  6. „"Профессионал футболчи сифатида янада ўсиш учун Европа футболида ўйнашни тўғри деб билдим". Ҳусниддин Алиқулов "Насаф" мухлисларига хайрлашув мактуби йўллади“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  7. „Расман: Шомуродов ва Алиқулов Осиё кубогида иштирок этмайди“ (2024-yil 11-yanvar).
  8. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
  9. „H.Aliqulov“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
  10. „Husniddin Aliqulov“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.

Havolalar

| ]
  • Husniddin Aliqulov Transfermarkt saytida
  • Husniddin Aliqulov National-Football-Teams.com saytida
  • Husniddin Aliqulov Soccerway saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Husniddin Aliqulov haqida, Husniddin Aliqulov nima? Husniddin Aliqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan