Murolimjon Ahmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Murolimjon Ahmedov
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmedov Murolimjon Murodiljonovich
Tavallud sanasi 5-yanvar 1992-yil (1992-01-05) (33 yosh)
Tavallud joyi Uch-Qoʻrgʻon (Qadamjoy tumani)
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Laqabi Mura
Vazni 68
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dordoy Bishkek
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2017 Alay Osh ? (18)
2018—2019 Dordoy Bishkek 28 (13)
2019—2020 Saif 6 (0)
2020 Neftchi Qoʻchqor-Ota 12 (2)
2021 Bangladesh Police 26 (2)
2022 FC Nur-Batken 26 (5)
2023— Dordoy Bishkek 46 (11)
Milliy terma jamoa
2014 Qirgʻiziston U23 2 (0)
2017— Qirgʻiziston 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Murolimjon Murodiljonovich Ahmedov (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi ampulasida o'ynaydi.

Faoliyati

| ]

Klubdagi faoliyati

| ]

2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.

2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.

U Tojikistonning „Xoʻjand“ va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan.

2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.

Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi.

Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.

Mukofotlari

| ]

2017-yilda – Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi

Manbalar

| ]
  1. „Murolimzhon Akhmedov“. transfermarkt.com. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  2. „Муролим Ахмедов — лучший футболист 2017 года в Кыргызстане“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
  3. „Один из лучших полузащитников киргизского футбола может выступить за таджикский «Худжанд»“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
  4. „Полузащитник «Алая» М.Ахмедов продолжит карьеру в любительской лиге Турции“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
  5. „Индия 1 : 0 Киргизия“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.

Havolalar

| ]
  • Murolimjon Ahmedov Soccerway saytida
  • Murolimjon Ahmedov Transfermarkt saytida
  • Murolimjon Ahmedov National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Murolimjon Ahmedov haqida, Murolimjon Ahmedov nima? Murolimjon Ahmedov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan