Neʼmatulloh Rustamjonov
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 17-mart 2008-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FK Olimpik | ||
| Raqami | 78 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Yillar | Jamoa | ||
| 2023—2024 | Odil Junior | ||
| 2024— | Olimpik U19 | ||
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2024 | Oʻzbekiston U16 | 3 | (0) |
| 2025— | Oʻzbekiston U17 | 12 | (0) |
| ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 24-aprel uchun) | |||
Neʼmatulloh Rustamjonov (2008-yil 17-mart tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi va Olimpik futbol klubi darvozaboni.
Faoliyati
| ]Klublardagi faoliyati
| ]Terma jamoadagi faoliyati
| ]Oʻzbekiston U16
| ]Neʼmatulloh Rustamjonov xalqaro maydondagi faoliyatini 2024-yil 23-aprelda Oʻzbekiston U16 jamoasi safida boshlagan. Tojikiston U16 jamoasiga qarshi kechgan bahsda Neʼmatulloh 1 ta gol oʻtqazib yuborgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Azarbayjon U16 va Belarussiya U16 jamoalariga qarshi boʻlib oʻtgan keyingi oʻyinlarda 90 daqiqa maydonda harakat qilgan boʻlsa, Yaponiya U16, Vietnam U16 va Xitoy U16 jamoalariga qarshi boʻlib oʻtgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida zaxirada qoldirilgan.
Oʻzbekiston U17
| ]Neʼmatulloh Rustamjonov Oʻzbekiston U17 jamoasidagi debyutini 2024-yil 23-oktyabrda Falastin U17 jamoasiga qarshi kechgan bahsda oʻtqazgan. Namatullo oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan oʻyin yakunida oʻzbekistonlik oʻsmirlarlar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. 2024-yilning 27-oktyabridan 2025-yilning 20-martigacha boʻlgan davr mobaynida futbolchi yana 6 ta xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.
Rustamjonov 2025-yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi bahslarida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan. Turnir davomida jamoasi oʻtqazgan 6 ta oʻyindan 5 tasida 90 daqiqadan harakat qilgan darvozabon 2 ta quruq oʻyin oʻtqazgan holda oʻz darvozasidan 3 ta toʻp olib chiqqan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni U17 jamoasiga qarshi kechgan final bahsida Sadriddin Hasanov tomonidan kiritilgan turnirning soʻngi goliga assistentlik qilgan. Oʻzbekiston U17 jamoasi tarkibida turnir chempioniga aylangan futbolchi yakunda musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini ham qoʻlga kiritgan.
Manbalar
| ]- „Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида иштирок этувчи якуний таркиби эълон қилинди“ (2025-yil 28-mart).
- „Rivojlanish Kubogi. O'zbekiston U-16 terma jamoasining Tojikistonga qarshi tarkibi malum“. www.championat.asia. Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
- „O‘zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi“. www.stadion.uz. Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
- „O'zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro musobaqa oldidan yig'inga kirishdi“. www.championat.asia. Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
- „U-17 Osiyo kubogi. Uch nafar futbolchimiz eng yaxshi sovriniga ega bo'ldi“. www.championat.asia. Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
- „How did Rustamzhanov explain the “eyebrow-waving” incident that attracted a lot of attention? (video)“ (en). www.zamin.uz. Qaraldi: 25-aprel 2025-yil.
Havolalar
| ]- Neʼmatulloh Rustamjonov OʻzPFL saytida
- Neʼmatulloh Rustamjonov Transfermarkt saytida
- Neʼmatulloh Rustamjonov Soccerway saytida
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 17-martda tugʻilganlar
- 2008-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Neʼmatulloh Rustamjonov haqida, Neʼmatulloh Rustamjonov nima? Neʼmatulloh Rustamjonov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!