Islombek Ismoilov
- Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Ismoilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov | ||
| Tavallud sanasi | 19-iyul 1992-yil | ||
| Tavallud joyi | Margʻilon, Oʻzbekiston | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Yillar | Jamoa | ||
| —2011 | Paxtakor | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 2015—2018 | Yozyovon | ||
| 2018 | Iftixor | ||
| 2018—2019 | Farovon BFK | ||
| 2019—2021 | Turon | ||
| 2021 | Turon U21 | ||
| 2022 | Oʻzbekiston U-14 | ||
| 2023 | Oʻzbekiston U-15 | ||
| 2024 | Oʻzbekiston U-16 | ||
| 2025 | Oʻzbekiston U-17 | ||
| 2025 | Neftchi U21 | ||
| 2025— | Neftchi | ||
Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov (1992-yil 19-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. „Neftchi“ futbol klubi bosh murabbiyi.
Biografiyasi
| ]Islombek 1992-yil 19-iyulda Margʻilonda tugʻilgan. Yoshlik davrida Paxtakor futbol maktabida taʼlim olgan.
Murabbiylik faoliyati
| ]Professional murabbiylik faoliyatini 2015-yilda Fargʻona viloyatining „Yozyovon“ klubida boshlagan. Uch mavsum davomida Yozyovon Lochinlari jamoari klubiga bosh murabbiylik qilgan. 2018-yilgi mavsumda Oltiariqning „Iftixor“ klubi va Margʻilonning „Farovon“ bolalar futbol jamoasida bosh murabbiylik qilgan.
2019-yilda Yaypanning „Turon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qoʻl ostida Turon jamoasi 2019-yilda Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibligini, 2020-yilda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Turon jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi qoniqarsiz natijalaridan soʻng bosh murabbiylikdan ozod etilgan va U21 jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2021-yil noyabr oyida U21 jamoasidan ham isteʼfoga chiqarilgan.
2022-yilda 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2023 va 2024-yillar Oʻzbekiston U-15, U-16 terma jamoalariga ustozlik qilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi. 2025-yil 26-iyunda „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasining ustozi etib tayinlangan. 1-dekabr kuni „Neftchi“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Shaxsiy hayoti
| ]Islombekning otasi Murod Ismoilov sobiq futbolchi va futbol murabbiyidir. Ukasi Muzaffar Muzaffarov ham futbolchi boʻlib, Bangladesh chempionatida oʻynaydi.
Yutuqlari
| ]Murabbiy sifatida
| ]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2020
- Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibi: 2019
- AFC U-17 Osiyo kubogi gʻolibi: 2025
Mukofotlari
| ]2025-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ unvonini olgan
Manbalar
| ]- „Murod Ismoilovning o'g'li “Iftixor” bosh murabbiyi bo'ldi.“ (2018-yil 20-avgust).
- „Islom Ismoilov - "Turon" jamoasi yangi bosh murabbiyi.“ (2019-yil 11-may).
- „Rasmiy xabar: Islombek Ismoilov o'z arizasiga ko'ra istefoga chiqarildi. Uning o'rnini xorijlik murabbiy egalladi.“ (2021-yil 13-may).
- „Islom Ismoilov "Turon" U-21 bosh murabbiyi etib tayinlandi.“ (2021-yil 27-iyul).
- „Eshitdik-da! Futboldan adolat talab qilgan Islombek Ismoilov "Turon"dan ikkinchi bor ketdi.“ (2021-yil 23-noyabr).
- „ISLOMBEK ISMOILOV «NEFTCHI»DA ISH BOSHLADI.“ (2025-yil 26-iyun).
- „Islombek Ismoilov yangi mavsumni “Neftchi”da boshlaydi“.
- „Islombek Ismoilov «Neftchi» bosh murabbiyligiga tayinlandi“.
- „U-17 Осиё Кубоги. Ўзбекистон Осиёда тенгсиз!!!“ (2025-yil 20-aprel).
- „Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони.“ (2025-yil 21-aprel).
Havolalar
| ]- Islombek Ismoilov Transfermarkt saytida
- 19-iyulda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Margʻilonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Yozyovon klubi murabbiylari
- Iftixor klubi murabbiylari
- Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Islombek Ismoilov haqida, Islombek Ismoilov nima? Islombek Ismoilov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!