Oʻrxun-Enasoy obidalari

Oʻrxun-Enasoy bitiklari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sanaladi. Bitiktosh Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy (Yenisey)daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo va boshqa joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.

Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan.

Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.

Oʻrxun bitiklari, Kultegin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq, Irq bitigi va boshqa bu yozuvdagi bitiktosh va yodnomalar adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi.

Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar esa haligacha toʻliq tadqiq qilingan emas. Bitiktoshlar AQSh, Polsha, Vengriya, Finlandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Steblevalarning bu boradagi ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov va boshqalar asardan namunalar va tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

Nashr qilingan manbalar:

Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof. Fitrat). – T.: 1927;
Yeniseyskaya pismennost tyurkov. -M,L.: 1952;
Qadimgi hikmatlar. – T.: 1987.

Ilmiy adabiyot:

Malov S. E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. -M.: 1951;
I. V. Stebleva. Poeziya tyurkov U1-U111 vv. —M.:1964;
I. V. Stebleva. Poetika drevnetyurkskoy literaturi i ee transformatsiya v ranneklassicheskiy period. – M.: 1976;
A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971.
N.Rahmonov. Inson ruhining sadosi. – T.: 1986;
N.Rahmonov. Koʻhna bitigtoshlar. – T.: 1990:
N.Rahmonov. Turk xoqonligi. – T.: 1993.

Havolalar

Oʻrxun-Enasoy Bengütaşları (Wayback Machine saytida 2012-12-21 sanasida arxivlangan)

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻrxun-Enasoy obidalari haqida, Oʻrxun-Enasoy obidalari nima? Oʻrxun-Enasoy obidalari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan