Ziroatxon Hoshimova

Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva (Hoshimova) – 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birinchi xonimi, prezident Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi.

Ziroat Mirziyoyeva
image
O’zbеkistоn Rеspublikаsi birinchi xonimi
Mansab davri
2016-yil 14-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tatyana Karimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-dekabr 1964-yil (1964-12-04) (60 yosh)
Qoʻqon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR

Tarjimai hol

1964-yilning 4-dekabrida Fargʻona vodiysi Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Otasi Mahmudjon Hoshimov Fargʻona vodiysidagi boy amaldorlardan boʻlib, Qoʻqondagi Oʻrta Osiyo temiryoʻl taʼminoti boshqarmasini boshqargan. Ziroatning oʻzi esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqiydi va shu yerda birinchi turmush oʻrtogʻini uchratadi. Baʼzi manbalarga koʻra Ziroatning oila aʼzolari uning turmushiga qarshi boʻlishgan. Muhandis-iqtisodchi malakasiga ega.

Birinchi xonim

image
Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashuvi

U Oʻzbekistonning hozirgi Prezidenti va sobiq Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga turmushga chiqadi. Islom Karimov davrida, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir boʻlgan davrda davlat televideniyesida koʻrinish bermagan va omma oldiga chiqishdan oʻzini chetga olgan, turmush oʻrtoʻgʻi prezident etib tayinlangandan soʻng unga bir qator xorijiy safarlarda, jumladan, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiyada hamrohlik qiladi.

Jamoat ishlari

„Zamin“ xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi. Jamgʻarma nomidan onlayn nutqlarining birida u nogironlik „endi tibbiy muammo emas, balki inson huquqlari muammosi ekanligini“ aytib oʻtgan.

Manbalar

  1. „Первая леди Узбекистана выходит из тени?“ (ruscha). Радио Озоди. Qaraldi: 23-noyabr 2020-yil.
  2. „Ах, какая женщина: что нужно знать о супруге президента Узбекистана - Зироатхон Хошимовой“ (5-sentabr 2017-yil).
  3. „Ах, какая женщина: что нужно знать о супруге президента Узбекистана - Зироатхон Хошимовой“ (5-sentabr 2017-yil).
  4. „Первая леди Узбекистана вновь приковала внимание СМИ | Tengrinews.kz“.
  5. „Archived copy“. 26-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  6. „Жена Шавката Мирзиёева Зироатхон Хошимова – кто она?“ (ru-RU). Центр-1 / Centre1.com - Новости. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  7. „Kyrgyzstan and Uzbekistan: Once Deadly Foes, Now BFF? · Global Voices“ (inglizcha). Global Voices (13-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  8. uz. „"Disability is a human rights issue" - Ziroat Mirziyoyeva calls for increased emphasis on inclusive education“ (inglizcha). Kun.uz. Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ziroatxon Hoshimova haqida, Ziroatxon Hoshimova nima? Ziroatxon Hoshimova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan