Polisintetik tillar
| Morfologik tipologiya | |
|---|---|
| |
| Soʻz tartibi |
Polisintetik tillar - sintetik tillarnnnt turi. Bunday tillarda barcha grammatik maʼnolar, odatda, morfemalari davomli ketma-ket joylashgan soʻz tarkibida beriladi. Polisintetik tillar, asosan, ergativ qurilishga (gapda ish-harakat bajaruvchisi hamda obʼyektning aloqida maxsus kelishikda boʻlishidan iborat sintaktik tuzilma) ega boʻlgan chukchakamchatka, eskimosaleut, abxaz-adigey tillari, shuningdek, Shim. va Markaziy Amerikadagi koʻplab indeys tillaridir. Affikslarning eng koʻp miqdordagi tizmasi (shaxs, son, zamon, mayl, harakat usuli va boshqalarni ifodalovchi qoʻshimchalar) feʼl soʻz shakllarida uchraydi. Feʼl soʻz shakli Polisintetik tillarda, odatda, toʻliq gap mazmunini anglatadi. Mas, chukcha tilida "mitvinni-ekvetirkin" feʼl soʻz shakli "biz toʻrlarni qoʻriklayapmiz" degan maʼnoni bildiradi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Tilshunoslik morfologiyasi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Polisintetik tillar haqida, Polisintetik tillar nima? Polisintetik tillar nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!