Qirgʻiz oshxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Beshbarmoq

Qirgʻiz oshxonasi — Qirgʻizistonga xos taom tayyorlash uslubi. Qirgʻiz oshxonasi koʻp jihatdan oʻziga qoʻshni boʻlgan xalqlarning oshxonasiga oʻxshab ketadi.

Anʼanaviy qirgʻiz taomlari qoʻy goʻshti, mol goʻshti va ot goʻshti, shuningdek, turli xil sut mahsulotlaridan iborat. Tayyorlash uslubi va asosiga qirgʻiz xalqining tarixan koʻchmanchilikka asoslangan turmush tarzi kuchli taʼsir koʻrsatgan. Shuning uchun pishirishning koʻplab usullari ovqatni uzoq vaqt davomida saqlashga moʻljallangan. Qoʻy va mol goʻshti eng sevimli isteʼmol qilinadigan goʻsht turi hisoblanadi, ammo hozirgi zamonda koʻpchilik qirgʻizlar ularni muntazam ravishda sotib olishga iqtisodiy imkoniyati yoʻq.

Qirgʻizistonda turli millatlar va ularga xos boʻlgan turli xil oshxona madaniyati mavjud. Bishkek, Oʻsh, Jalolobod va Qoraqoʻl kabi yirik shaharlarda turli milliy va xalqaro taomlarni uchratish mumkin. Qirgʻiz xalqiga oid boʻlmagan oshxona, xususan, Qirgʻizistonda keng tarqalgan va mashhur boʻlgan taomlar qatoriga bu mamlakatda yashovchi oʻzbek, uygʻur, dungan va rus xalqlarining milliy taomlarini ham kiritish mumkin.

Manbalar

| ]
  1. „Kyrgyztan (sic) Cuisine“. Kyrgyzstan.net.my. 14 ağustos 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 ağustos 2021.

Havolalar

| ]
  • Kyrgyz national cuisine

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qirgʻiz oshxonasi haqida, Qirgʻiz oshxonasi nima? Qirgʻiz oshxonasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan