Ruslan Mirzayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruslan Erkinovich Mirzayev
Руслан Эркинович Мирзаев
image
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Mudofaa vaziri
Mansab davri
2005-yildan – 2008-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Qodir Gʻulomov
Vorisi Qobul Berdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-fevral 1965-yil (1965-02-21) (60 yosh)
Toshkent
Millati [o'zbek]
Mukofotlari imageimageimage
Xizmat yillari 1982-yildan
Unvoni General-mayor

Mirzayev Ruslan Erkinovich – oʻzbekistonlik harbiy arbob, general-mayor, 2008-2018-yillarda Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, 2005-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri boʻlgan.

Biografiya

| ]

1965-yil 21-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1986-yilda Sovet Ittifoqi davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) oliy harbiy-siyosiy chegara bilim yurtini, 1989-yilda KGB Oliy maktabini tamomlagan.

1982-yildan davlat xavfsizlik organlarida.

1986-yildan 1992-yilgacha KGB chegara qoʻshinlari operativ guruhining tezkor boʻlinmalarida xizmat qilgan.

1992-1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boʻlinmalarida xizmat.

1999-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida boshqarma boshligʻi, soʻngra Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, kotibi lavozimlarida ishlagan.

2005-2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

2008-2012-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.

2012-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmalarida rahbarlik lavozimlarida.

2018-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.

2020-2022-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibiyati bosh konsultanti.

2022-yil 1-yanvardan hozirgi kunga qadar Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori.

Manbalar

| ]
  1. Ruslan Mirzayev ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ruslan Mirzayev haqida, Ruslan Mirzayev nima? Ruslan Mirzayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan