Shon-sharaf ordeni

Shon-Sharaf ordeni — Oʻzbekiston davlat mukofotlaridan biri. Qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun beriladi.

Shon-sharaf ordeni
image
Turi Orden
Mamlakat Oʻzbekiston
Taʼsis etilgan sanasi 30 Avgust 1995
image
Mukofotlar tartibi
Keyingi (yuqori) Sogʻlom avlod uchun ordeni
Keyingi (quyi) Doʻstlik ordeni
Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
image
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2022-yil 7-iyul(2022-07-07) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Nizomi

  1. . „Shon-sharaf“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda koʻrsatgan fidoyilik va mardlik uchun, Oʻzbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda „Shon-sharaf“ ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
  2. Orden ikki darajadan iborat boʻladi: 1-darajali va 2-darajali. Ordenning oliy darajasi 1-darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida uch yil oralatib: 2-darajali va 1-darajali navbatida amalga oshiriladi.
  3. Orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Prezidentini „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
  4. Orden bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
  5. Orden va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi.
  6. 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. 1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam Bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
  7. Orden bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
  8. Orden koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
  9. Orden bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi

I darajali „Shon-sharaf“ ordenining tavsifi

image
image

1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr. Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan kumush hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida kumush rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli kumush rang „I“ raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan. Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda kumush rang SHON-SHARAF degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan. Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan eni 5 millimetrli och yashil rangli yoʻl, keyin esa eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.

II darajali „Shon-sharaf“ ordenining tavsifi

image
image

2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr. Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan zarhal hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida zarhal rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli zarhal rang „II“ raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan. Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda zarhal rang SHON-SHARAF degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan. Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan biri-biridan eni 1 millimetrli oq yoʻl bilan ajralib turadigan eni 2 millimetrli ikkita och yashil rangli yoʻl oʻtgan. Keyin esa ikki tomondan eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.

Taqdirlanganlar

Manbalar

  1. „116-I-сон 30.08.1995. «Шон-шараф» орденини таъсис этиш тўғрисида“. LexUz.



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shon-sharaf ordeni haqida, Shon-sharaf ordeni nima? Shon-sharaf ordeni nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan