Ruslan Nurudinov

Ruslan Shamilyevich Nurudinov (1991-yil 24-noyabrda Andijon viloyati Xonobod shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi. 2013-yil oktyabrda Polshaning Wrocław shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika chempionatida 105 kg vaznda qatnashib, oltin medal oldi.

Ruslan Nurudinov
image
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 24-noyabr 1991-yil (1991-11-24) (33 yosh)
Xonobod shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston
Boʻyi 186 sm
Vazni 105 kg
Mukofotlar image
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Sport mukofotlari
Erkaklar oʻrtasida Ogʻir atletika
image Oʻzbekiston vakili
Olimpiada Oʻyinlari
Oltin Rio-de-Janeyro-2016 – 105 kg
Jahon chempionati
Oltin Wrocław-2013 105 kg
Oltin Bogotá-2022 109 kg
Oltin Manama-2024 109 kg
Kumush Olmaota-2014 105 kg
Kumush Toshkent-2021 109 kg
Kumush Ar-Riyod-2023 109 kg
Osiyo Oʻyinlari
Oltin Jakarta-2018 105 kg
Bronza Xanchjou-2022 109 kg
Osiyo chempionati
Oltin Pyeongtaek-2012 -105 kg
Oltin Oston-2013 -105 kg
Oltin Toshkent-2020 -109 kg
Oltin Jinju-2023 -109 kg
Oltin Toshkent-2024 -109 kg
Universiada
Oltin Qozon-2013 −105 kg

Sport faoliyati

Ruslan Nurudinov xalqaro maydondagi dastlabki gʻalabasini 2009-yili Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qoʻlga kiritgan va oltin medalga sazovor boʻlgan.

Nuriddinov 2011-yili Fransiyadagi jahon chempionatida shtangani siltab koʻtarishda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2012-yili Janubiy Koreyada oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va London Olimpiadasida kuchli toʻrtlikdan joy oldi.

2013-yil ogʻir atletikachi uchun har tomonlama muvaffaqiyatli boʻldi. Dastlab mamlakat chempionatida gʻalaba qozongan Ruslan Osiyo chempionatida ham uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Iyul oyida Jahon universiadasida ikki marotaba rekord oʻrnatib, chempion boʻldi. Bu yilgi mavsumning eng nufuzli musobaqasi — jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Yil Musobaqa Oʻrin
Musobaqa joyi
Ogʻirlik
vazni
Dast koʻtarish Siltab koʻtarish Jami
ikki kurash
Oʻrin
2010 Jahon chempionati 2010 Antalya 85 kg gacha 165 kg 197 kg 362 kg 10
2010 Osiyo oʻyinlari 2010 Guanchjou 94 kg gacha 170 kg 209 kg 379 kg 5
2011 Osiyo chempionati 2011 Tunlin 94 kg gacha 160 kg 200 kg 360 kg 5
2011 Jahon chempionati 2011 Parij do 94 kg 177 kg 221 kg 398 kg 5
2012 Jahon chempionati 2012 Pxyontek do 105 kg 184 kg 220 kg 404 kg 1
2012 Yozgi Olimpiada London 2012 London 105 kg gacha 184 kg 220 kg 404 kg 4
2013 Osiyo chempionati 2013 Astana 105 kg gacha 190 kg 230 kg 420 kg 1
2013 Universida 2013 Qozon 105 kg gacha 190 kg 222 kg 412 kg 1
2013 Jahon chempionati 2013 Wrocław 105 kg gacha 190 kg 235 kg 425 kg 1
2016 Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016 Rio Rio de Janeiro 105 kg gacha 194 kg 237 kg 431 kg 1

Mukofotlari

2013-yil 30-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Ruslan Nuritdinov „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlandi.

Manbalar

  1. <span lang="ingl." xml:lang="ingl.">„First gold for Uzbekistan, first medal for Poland - in cat. 105 kg“ (ingl.). IWF World Championships: Wrocław 2013 (2013-yil 27-oktyabr).[sayt ishlamaydi]
  2. <span lang="rus." xml:lang="rus.">„Чемпионом мира впервые стал тяжелоатлет из Узбекистана“ (rus.). gazeta.uz (28-oktabr 2013).
  3. Руслан Нуриддинов – жаҳон чемпиони, 2013-11-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-31
  4. Жаҳон чемпионатларида юқори натижаларга эришган спортчиларни мукофотлаш тўғрисида, 2016-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-04
  5. Islam Karimov nagradil tyajeloataletov gosudarstvennimi nagradami, 2013-11-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-31

Havolalar

  • Ruslan Nurudinov (Wayback Machine saytida 2015-09-05 sanasida arxivlangan) IWF profili

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ruslan Nurudinov haqida, Ruslan Nurudinov nima? Ruslan Nurudinov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan