Rustam Turdimurodov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rustam Turdimurodov | ||
| Tavallud sanasi | 4-aprel 2004-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 182 sm | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Surxon | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2022— | Paxtakor | 5 | (0) |
| 2023 | → Energetik-BGU | 11 | (0) |
| 2024—2025 | → Andijon | 33 | (9) |
| 2025— | → Surxon | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2020 | Oʻzbekiston U-17 | 2 | (0) |
| 2022 | Oʻzbekiston U-19 | 2 | (1) |
| 2023— | Oʻzbekiston U-20 | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 23-noyabr uchun) | |||
Rustam Turdimurodov (oʻzbekcha: Рустам Турдимурадов; 4-aprel, 2004-yil) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi „Surxon“ klubida hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Faoliyati
| ]Paxtakor
| ]Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Rustam 2022-yil iyun oyida Paxtakor klubning asosiy jamoasi oʻyinlariga jalb etila boshlagan. U klubdagi debyutini 2022-yil 23-iyun kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, asosiy vaqtning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushirilgan. Mavsum yakunida futbolchi klub bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi boʻlgan.
2023-yil boshida futbolchi klubning asosiy jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazdi, biroq yozgi transfer oynasigacha asosan zaxira oʻyinchisi sifatida qoldi. U klubdagi ilk oʻyinini 2023-yil 2-aprel kuni Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. U mavsumning birinchi yarmida klub safida barcha musobaqalarda atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Energetik-BGU
| ]2023-yil iyul oyida Belarusning „Energetik-BGU“ klubi futbolchisiga qiziqish boʻlganligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2023-yilning avgust oyida futbolchi rasman klub bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil fevral oyida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyat
| ]2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekiston 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda „Taraqqiyot kubogi“da ishtirok etgan. 2022-yilning iyun oyida 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etib, golli uzatma bergan va gol urgan.
2023-yilning may oyida futbolchi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga Jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv olgan. U turnirdagi ilk oʻyinini 2023-yilning 20-may kuni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Guruh bosqichi natijasiga koʻra, terma jamoa bilan birgalikda guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl olgan. 2023-yil 30-may kuni 1/8 final bosqichida Isroil jamoasiga yutqazib, jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlagan.
Yutuqlar
| ]Paxtakor
- Oʻzbekiston chempioni – 2022
- Andijon
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024
Manbalar
| ]- „Qizilqum vs. Pakhtakor“ (en). soccerway.com (2022-yil 23-iyun).
- „Metalourg vs. Pakhtakor“ (en). soccerway.com (2023-yil 2-aprel).
- „Вместо Хусанова "Энергетик" может подписать другого узбека, игравшего на ЧМ-2023 (U-20)“ (ru). football.by (2023-yil 24-iyul).
- „Узбекистанский форвард Турдимуродов стал игроком "Энергетика-БГУ"“ (ru). football.by (2023-yil 8-avgust).
- „Rustam Turdimurodov Andijon futbolchisi“.[sayt ishlamaydi]
- „Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2-may kuni navbatdagi yigʻinlarini boshlaydi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 1-may).
- „Молодежный (U-20) чемпионат мира. Италия обыграла Бразилию, Узбекистан с Хусановым уступил Аргентине и другие матчи“ (ru). football.by (2023-yil 22-may).
- „Oʻzbekiston Gvatemalani mag’lub etib, keyingi bosqichga yo’l oldi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 27-may).
- „O’zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi“ (uz). ufa.uz (2023-yil 31-may).
Havolalar
| ]- Rustam Turdimurodov Transfermarkt saytida
- 4-aprelda tugʻilganlar
- 2004-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Turdimurodov haqida, Rustam Turdimurodov nima? Rustam Turdimurodov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!