Rustam Shaymardanov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rustam Shaymardnonov | ||
| Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1976-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1996—1997 | Doʻstlik | 34 | (0) |
| 1998—1999 | Paxtakor | 57 | (0) |
| 2000—2002 | Doʻstlik | 75 | (1) |
| 2002—2005 | Esil Bogatir | 65 | (0) |
| 2005 | Jetisu | 4 | (0) |
| 2006 | Metallurg Bekobod | 13 | (0) |
| 2006—2007 | Qizilqum | 27 | (0) |
| 2007 | FC Atyrau | 7 | (0) |
| 2008 | OTMK | 28 | (0) |
| 2009 | Metallurg Bekobod | 13 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1997—2000 | Oʻzbekiston | 21 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rustam Shaymardanov (ruscha: Шаймарданов, Рустам; 1976-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi.
Faoliyati
| ]Rustam Oʻzbekiston oliy divizionidagi debyutini 1996-yili Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida oʻtkazgan. 1998-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) klubiga oʻtib, ikki mavsum davomida oʻynagan va 1998-yilgi mavsumda mamlakat chempioni boʻlgan. 2000-yil „Doʻstlik“ jamoasi tarkibi qaytgan va yana ikki yarim mavsum oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi mamlakat chempioni boʻlgan.
2002-yilning yozida Rustam Qozogʻistonning „Esil-Bogatyr“ (Petropavlovsk) klubiga oʻtgan va u yerda toʻliq boʻlmagan toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 2003-yil Qozogʻiston kubogining yarim finalida oʻynagan. 2005-yilning kuzida Qozogʻistonning boshqa bir klubi, „Jetisu“ (Toldiqoʻrgʻon) jamoasida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Metallurg“ (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoalarida toʻp surgan boʻlsa, 2007-yilning kuzida yana Qozogʻistonda qaytgan va „Atirau“ jamoasida oʻynagan.
2008-yilgi mavsumda AGMK (Olamliq) tarkibida oʻynagan. Rustam mavsum davomida 28 ta uchrashuvda 10 ta sariq va bitta qizil kartochka olib, chempionatning eng qoʻpol oʻyinchilaridan biriga aylangan. Faoliyatining oxirida „Metallurg“ (Bekobod) va „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax) klublarida toʻp surgan.
Oʻzbekiston oliy divizionida jami 251 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan; Qozogʻiston oliy divizionida 76 oʻyin oʻtkazgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1997-yil 9-mayda Jahon chempionati saralash turniri doirasida Yamanga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazgan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi, turnirda 2 ta oʻyin oʻtkazgan va uning jamoasi chorak finalga chiqqan. U 1997—2000-yillarda terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlar
| ]- Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni : 1998, 2000
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil
Shaxsiy hayoti
| ]Rustam taniqli futbolchi, Paxtakor jamoasi faxriysi Toʻra Shaymardanovning jiyani hisoblanadi.
Manbalar
| ]- „shaymardanov-rustam“. 2023-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.
- Nakazaniya v chempionate Uzbekistana po futbolu
- ISTORIChYeSKAYa SPRAVKA „PAXTAKORA“ – 4 SYeNTYaBRYa
Havolalar
| ]- Footballfacts.ru saytidagi profil
- Rustam Shaymardanov National-Football-Teams.com saytida
- Rustam Shaymardanov (Wayback Machine saytida 2023-07-29 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida futbolchi profili
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- FC Kiziljar futbolchilari
- FC Atirau futbolchilari
- Jetisu klubi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Shaymardanov haqida, Rustam Shaymardanov nima? Rustam Shaymardanov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!