Ulugʻbek Mustafoyev
| Ulugʻbek Mustafoyev | |
|---|---|
| Jizzax viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2024-yil 19-dekabrdan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev | 
| Oʻtmishdoshi | Ergash Soliyev | 
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 14-avgust 1968-yil Jizzax viloyati, OʻzSSR | 
Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev (1968-yil 14-avgust, Jizzax viloyati) — oʻzbek davlat arbobi, moliyachi. 2024-yil 19-dekabrdan Jizzax viloyati hokimi.
Biografiyasi
| ]1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1992-yildan 2003-yilgacha „Sanoatqurilishbank“ Jizzax viloyat filialida mutaxassis, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi.
2003-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boshqarmasi katta iqtisodchisi, pul muomalasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2010-yildan 2016-yilgacha Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari bo'lgan.
2016–2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2017-yil iyunida „Oʻzbekenergo“ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan. 2019-yil martida mazkur tashkilot isloh qilinib, oʻrnida „Issiqlik elektr stansiyalari“, „Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ hamda „Hududiy elektr tarmoqlari“ tashkil etilgan.
2024-yil 19-dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi.
Manbalar
| ]- „Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi.“ (2024-yil 19-dekabr).
- „Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi“. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.
- 14-avgustda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Jizzax viloyatida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Jizzax viloyati hokimlari
- Yashayotgan insonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ulugʻbek Mustafoyev haqida, Ulugʻbek Mustafoyev nima? Ulugʻbek Mustafoyev nimani anglatadi?



 
  
  
  
 


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!