Sariqoʻl tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sariqoʻl tizmasi - Sharqiy Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyati va Xitoy chegaralari boʻylab choʻzilgan. Tizma shimolida Markansuv daryosidan boshlanib, janubida Beik dovonigacha (bal. 4762 m) davom etadi. Uzunligi 350 km. St. Tarim va Panj (Amudaryo) daryolari havzasini bir biridan ajratib turadi. St., asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi 6351 m (Lavirdir togʻi). Tizmada Amudaryo va Tarim vodiylarini bogʻlaydigan bir qancha dovonlar (Uchbel, Oʻzbel, Budabel, Aramit, Qulma, Tuzakchi va boshqalar) bor.

Relyefi murakkab. Suvayirgʻich kismi, yon bagʻirlarida eroziya, denudatsiya jarayonlari va muzliklar taʼsiri natijasida vujudga kelgan relyef shakllari mavjud. Asosan, kristalli slanets va granitoidlardan tuzilgan. Shimoliy qismida muzliklar bor. Tizmaning yon bagʻirlarida baland togʻ choʻli oʻsimliklari oʻsadi.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sariqoʻl tizmasi haqida, Sariqoʻl tizmasi nima? Sariqoʻl tizmasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan