Sergey Mandreko

Sergey Vladimirovich Mandreko (ruscha: Мандреко, Сергей Владимирович; 1971-yil 1-avgust – 2022-yil 8-mart) – rus millatiga mansub Tojikistonda tugʻilgan futbol murabbiyi. Sergey futbolchi sifatida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepgan. Mandreko futbolchilik faoliyati davomida MDH, Tojikiston va Rossiyaning kattalar terma jamoalarida oʻynagan.

Sergey Mandreko
image
Mandreko VfL Bochum tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Vladimirovich Mandreko
Tavallud sanasi 1-avgust 1971-yil
Tavallud joyi Boxtar, Tojikiston SSR, USSR
Vafot sanasi 8-mart 2022-yil(2022-03-08)
(50 yoshda)
Vafot joyi Avstriya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 Vahsh Qoʻrgʻontepa 29 (7)
1990—1992 Pomir Dushanbe 38 (2)
1992—1997 Rapid Wien 107 (16)
1997—2000 Hertha BSC 37 (1)
2000—2003 VfL Bochum 56 (0)
2003—2005 SV Mattersburg 47 (1)
2005 SC-ESV Parndorf 11 (0)
Milliy terma jamoa
1991 SSSR U-20 5 (1)
1992 MDH 4 (0)
1992 Tojikiston 1 (0)
1992—1994 Rossiya U-21 5 (0)
1994 Rossiya 1 (0)
Boshqargan klublari
2008—2009 Lokomotiv Moskva (yordamchi murabbiy)
2015—2017 LAC-Inter (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Sergey Qoʻrgʻontepadagi futbol maktabida futbolga oid dastlabki bilimlarni olgan. Faoliyatini mahalliy „Vaxsh“ klubida boshlagan.

1990—1992-yillarda Dushanbening „Pomir“ klubida Sovet Ittifoqining soʻnggi ikki chempionatida (1990, 1991) va Tojikiston chempionatida oʻynagan. 1992-yilning yozida Pomir klubidan Avstriyaning „Rapid“ klubiga oʻtgan va u yerda 1997-yilgacha oʻynagan.

Sergey 1997-yilning yozida Germaniyaning „Herta“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2000-yilda „Boxum“ klubi tarkibiga oʻtgan.

2003-yilda u Avstriyaga qaytib kelgan va u yerda Mattersburg (2003—2005) va Parndorf (2005) jamoalarida oʻynagan.

SSSR chempionatining oliy ligasida 38 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan; Avstriya Bundesligasida 154 ta oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol urgan; Germaniya Bundesligasida 93 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati

MDH terma jamoasida 4 ta, Tojikiston terma jamoasida 1 ta va Rossiya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan:

1992-yil 25-yanvar. Oʻrtoqlik oʻyini. AQSH – MDH 0:1. 62 daqiqa, almashtirildi; „Pomir“ Dushanbe

1992-yil 29-yanvar. Oʻrtoqlik oʻyini. Salvador – MDH 0:3. 45 daqiqa, zaxiradan maydonga tushdi; „Pomir“ Dushanbe

1992-yil 2-fevral. Oʻrtoqlik oʻyini. AQSH – MDH 2:1. 90 daqiqa; „Pomir“ Dushanbe

1992-yil 12-fevral. Oʻrtoqlik oʻyini. Isroil – MDH 1:2. 90 daqiqa; „Pomir“ Dushanbe

1992-yil 17-iyun. Oʻrtoqlik oʻyini. Oʻzbekiston – Tojikiston 2:2. 64 daqiqa, almashtirildi; „Pomir“ Dushanbe

1994-yil 17-avgust. Oʻrtoqlik oʻyini. Avstriya – Rossiya 0:3. 45 daqiqa, zaxiradan maydonga tushdi; Vena „Rapid“

1991-yilda SSSR terma jamoasi tarkibida Portugaliyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Oʻsha yili u SSSR olimpiya terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati

2008-yildan 2009-yilgacha Mandreko Moskvaning „Lokomotiv“ futbol klubida Rashid Rahimov rahbarligi ostida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayoti

2016-yildan beri amiotrofik lateral skleroz kasalligidan aziyat chekib kelgan. Mandreko 2022-yil 8-martda, 50 yoshida vafot etgan.

Yutuqlar

  • Tojikiston chempioni:1992
  • Avstriya chempioni: 1996
  • Avstriya kubogi sohibi: 1995-yil
  • UEFA Kubok egalari kubogi sohibi: 1996-yil
  • SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida 1991-yilgi (U-20) Jahon chempionatining bronza medali sovrindori
  • SSSR oʻsmirlar terma jamoasi (U-18) tarkibida 1990-yilgi Yevropa chempioni

Manbalar

  1. Arnhold, Matthias „Sergei Vladimirovich Mandreko - Matches and Goals in Bundesliga“. RSSSF.com (2019-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  2. Arnhold, Matthias „Sergei Vladimirovich Mandreko – International Appearances“. RSSSF (2019-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  3. Bivshiy xavbek sbornix SSSR i Rossii bolen BAS, ot kotorogo skonchalsya Riksen
  4. „Умер бывший тренер футбольного клуба "Локомотив" Сергей Мандреко“ (ru). TASS (2022-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  5. „Rapid trauert um Sergei Mandreko“ (de). kicker (2022-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  6. Юрий Голышак. „Интервью Инги Мандреко“ (ru) (2024-yil 23-avgust). 2024-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-avgust.

Havolalar

  • Sergey Mandreko WorldFootball.net saytida
  • Sergey Mandreko fussballdaten.de saytida (olmoncha)
  • Sergey Mandreko National-Football-Teams.com saytida
  • Sergey Mandreko – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
  • Mandreko at rusteam.permian.ru (Wayback Machine saytida 2020-01-08 sanasida arxivlangan) (ruscha)
  • Career, statistics and goals

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sergey Mandreko haqida, Sergey Mandreko nima? Sergey Mandreko nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan