Shamsharov Yoʻldosh
Yoʻldosh Shamsharov (1907 Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1987, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970), Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (20.11.1982). Fargʻona pedagogika intini tugatgan (1933). "Yosh leninchi" gazetada masʼul kotib (1933—34), "Lenin uchquni" gazetada muharrir (1934—37), "Qizil Oʻzbekistan" gazetada masʼul kotib, boʻlim mudiri (1938—41; 1955— 62), Oʻzbekiston KP MK matbuot sektori mudiri (1941—44), Oʻzbekiston davlat nashriyoti direktori (1944—47), "Sharq yulduzi" (1963—64), "Guliston" (1964—69) jur.larida muharrir. "Paxtaqaynar" (1959), "Qahramonlik yoʻli" (1960), "Gʻurumsaroyliklar" (1962), "Oshiqlar" (1969), "Inson qalbi" (1969) ocherklar toʻplamlari, "Chiroq" (1971) romani, "Hayot taqozosi" (1974), "Navbahor qissasi" (1975), "Ishq oʻti" (1978) kitoblari muallifi. I. S.Turgenevning qator qissa va romanlarini, D.Defoning "Robinzon Kruzo" va boshqa mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- 1907-yilda tugʻilganlar
- 1987-yilda vafot etganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shamsharov Yoʻldosh haqida, Shamsharov Yoʻldosh nima? Shamsharov Yoʻldosh nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!